- Jinsiy hayot saboqlari
Testosteronni oshirishning 8 oddiy usuli
Testosteron asosiy erkaklik gormonidir. Erkaklik alomatlarining namoyon bo‘lishida ushbu gormonning roli katta. Ko‘pchigan mushaklar, o‘z xatti-harakatlariga ishonch hissi, kutilmagan vaziyatlarda ham o‘zini yo‘qotmay qat’iyat bilan bir qarorga kelish xususiyati erkaklardagi testosteronga bog‘liqdir.
O‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, 30 yoshdan oshgan erkaklarda asta-sekin testosteron miqdori kamaya boradi. Buning uchun vahima ko‘tarish kerak emas, ammo ko‘ngilli deb ham bo‘lmaydi. Gap nima haqda ketayotganligini tushundingiz.
Testosteron kamayishining oldini olish yo‘llari bormi? Dorixonalarda ming xil vositani taklif etishadi, ammo biz ularga to‘xtalmaymiz, chunki barcha dori mutaxassis nazorati ostida tayinlangandagina shifo bo‘ladi.
Shu bilan birga tabiiy, bezarar, asoratlarsiz usullari ham bor. Biz quyida erkaklar uchun testosteronni oshirishning 8ta oddiy usulini bayon etamiz.
- Semizlik – koni zarar
Kuzatishlarga ko‘ra semiz erkaklarda testosteron darajasi kam bo‘ladi. Bu, albatta, ortiqcha vazn asoratidir. Ozishni boshlashingiz bilanoq testosteron ko‘payadi. Ozish uchun maslahat zarur bo‘lsa mana bu havolani bosing.
- Muntazam tarzda mashqlar qiling. Och yuring, ro‘za tuting
Qisqa va intensiv mashq va tez-tez och yurish foydalidir.
Intensiv mashqlarning talay turlari bor. 30 soniyali chigilyozdi mashqlaridan tortib 1,5-3 daqiqali tez-tez davomli mashqlargacha bajarish mumkin. Buning samarasi zo‘r.
Mashqni birdaniga kuchli tartibda boshlash yaramaydi. Badan bo‘sh holda bo‘lishi kerak. Qolaversa, trenajerlar, gantellar, shtanga vositasida shug‘ullanish, yugurish va suzishning katta foydasi bor.
Bu jarayonda ochlikning ham foydasi ko‘p. Inson sahardan kun botgunga qadar ro‘za tutsa, ortiqcha yog‘lardan qutuladi va testosteronini oshirishga muvaffaq bo‘ladi. Ammo me’yorni bilish muhim, uzoq muddatli ochlik kishini toliqtiradi va aks natija beradi. Shuning uchun ratsionga oqsilli kokteyl qo‘shish kerak.
Mashqlarni kompleks tarzda ado etgan erkaklarda ko‘rkam qad-qomat, tarang teri, pishiq mushaklar paydo bo‘ladi.
- Rux me’yorini saqlang
Testosteron darajasini oshirish uchun rux moddasi o‘ta zarur. Ratsioniga rux moddasini qo‘shib ko‘plab erkaklar testosteronini oshirgan.
Rux me’yorini saqlashning eng maqbul yo‘li to‘g‘ri ovqatlanishdir. Taomda oqsil ko‘p bo‘lishi lozim. Go‘sht, baliq, sut, pishloq, dukkakli o‘simliklar, tabiiy yogurt, kefir iste’mol qilish kerak.
Tarkibida rux bo‘lgan polivitaminlar va boshqa sun’iy qo‘shimchalar iste’mol qilishda chegaraviy normasiga e’tibor bering.
- Kuchli mashqlar bajaring
Intensiv mashqlardan tashqari kuchli mashqlar bajarishning ham nafi katta.
Kuchli mashqning intensiv mashqdan farqi – kam takrorlash va muntazam og‘irlikni orttirib borilishidadir. Kuchli mashqda 3 kgli gantelni ko‘tarishlar sonini oshirib bormaysiz, uning vaznini 5 kg, 7 kg va shu tartibda orttirib boraverasiz. Albatta, darhol 100 kgli shtanga ostiga yotish yaramaydi.
Kam vaznli toshni ko‘tarib natijaga erishishning yana bir yo‘li – mashqni sekinlashtirib bajarish.
- D vitamini zarur
D vitamini ham testosteronni oshiradi. Demak siz quyosh nurida toblanib haqiqiy erkakka aylana olasiz. Odatda, qoramag‘iz, semiz va keksa odamlar quyoshda toblanib kasallikka chalinishlari mumkin. Qoidasiga ko‘ra soat 10dan 15gacha muddat ichida toblanish kerak. Haftasiga ikki marta toblanish tavsiya etiladi. Terisi yupqa, oppoq odamlarga 5 daqiqa toblanish yetarli.
- Asabiylashmang
Stressga uchraganda organizm kortizol ishlab chiqaradi, bu modda testosteronni to‘sadi. Organizmimiz shunday ishlaydi, unga qarshi nima ham qila olardik?. Afsuski, zamondoshlarimiz ruhiy siqilish, asabiylashish, sterssga ko‘p duchor bo‘lmoqdalar. Bu bilan o‘zlari istamagan holda testosteron darajasini kamaytirishyapti.
- Taomlaringiz orasidan shakarni chiqarib tashlang
Qonda shakar miqdor oshishi bilan testosteron darhol pasaya boshlaydi. Insulin testosteronni kamaytiradi, degan taxminlar ham yo‘q emas. Har nima bo‘lganda ham shirinlik semizlikni keltirib chiqaradi va birinchi maslahatimizni qayta o‘qib chiqishingizga to‘g‘ri keladi.
AQShlik o‘rtacha fuqaro kuniga 12 choy qoshiq shakar iste’mol qiladi. Ya’ni umri davomida 2 tonna shakarni yeb bitiradi.
- Foydali yog‘larni iste’mol qiling
Organizmimizga o‘simlik va hayvonlarning to‘yingan yog‘lari kerakdir.
Erkak.uz sayti maqolasi asosida tayyorlandi
Ovoz berish: