Shifo.uz Maqolalar To’g’ri ovqatlanish - umr garovi

To’g’ri ovqatlanish - umr garovi

To’g’ri ovqatlanish - umr garovi

Doimo sog’lom bo’lish, uzoq – umr ko’rishni hamma orzu qiladi, biroq, bu maqsadga yetish har bir kishining o’ziga bog’liq bo’lgani holda, uni amalga oshirishga har kim ham jazm qilavermaydi, irodasi yetmaydi. Vaxolanki, o’zining sog’lig’I uchun ozgina qayg’urgan odam to’g’ri ovqatlanish tufayli organizmni turli ko’ngilsizholatlardan himoya qilib, ularning bevaqt “qarashi”ning oldini oladi. Bu inson sog’lig’ini va butun hayotini shunchalik yaxshilaydiki, buni tasavvur etish qiyin:

  1. Oddiy, pazandachilik jihatdan ishlov berilmagan o’simlik taomlarini tanavvul qiling
  2. Oziq-ovqatlarni bir-biriga mosini tanlab iste’mol qila biling.
  3. Toza havodan nafas oling.
  4. Har kuni iloji boricha o’z tanangizni quyoshda tovlang. Biroq hech qachon terining kuyishiga yo’l qo’ymang.
  5. Oddiy toza suv iching.
  6. Bir kecha-kunduzlik uyqu va dam olish 8 soatdan kam bo’lmasligi lozim.
  7. Haftasiga loaqal 3 marta 20 daqiqadan vaqtingizni jismoniy tarbiya mashqlariga ajrating. Ayrim mutaxassislar trusida chopishni, suzishni , velosiped haydoshni va shunga o’xshashlarni tavsiya etadilar;  boshqalar esa, og’ir atletika bilan shug’ullanishni yoki keskin harakatli mashg’ulotlarni bajarishni maslahat beradilar. Ko’pchilik esa, har kuni yarim soatlik tez odimlash eng yaxshi va universal mashg’ulot degan fikrni ilgari suradilar.
  8. Shaxsiy gigiena qoidalariga amal qiling.
  9. Hamisha harakat vositalarining ta’sirchan muvozanatini har xil holatda emas, bir maromda saqlashga harakat qiling.
  10. Eng past yoki eng baland darajalardan saqlaning.
  11. Oilangizdagilarga va do’stlaringizga bilganlaringizni yetkazing.

Doktor Shelton o’zidan avvalgi olimlarning gigienaga oid fikrlarini to’plab, bu ta’limotni takomillashtiradi va yangilaydi  hamda uni “tabiiy gigiena” degan nom bilan chop ettiradi. Yuqorida keltirilgan ta’limot asosida tabiiy gigiena bilan shug’ullanayotgan minglab amerikaliklar qiyin bo’lmagan qoidalarga amal qilayotganliklari tufayli o’zlarining sog’liqlari va hayoti qanchalik yaxshilanganligini tasavvur etish qiyinligini takidlamoqdalar.

Ma’lumki, oziq-ovqat maxsulotlari to’g’ri tanlaganda, oshqozon-ichak tizimi samarali ishlaydi, iste’mol qilinayotgan moddalar yengil hazm buladi, bu salomatlikni yaxshilashda ahamiyati kattadir.

5 ta ovoz
Ovoz berish:
1 2 3 4 5