- So'ngi maqolalar
TUMOVGA QARSHI SHARBAT BILAN...
Tumov va gripp dunyoda eng keng tarqalgan kasallik hisoblanadi. Mutaxassislarning fikricha, har bir inson bir yilda 2-5 marta gripp yoki tumov kasalligiga chalinar ekan.
Shamollamaslik uchun...
Kasallikning oldini olishda sizga C vitaminiga boy mahsulotlar: apelsin, kivi, qizil bulg‘ori va oshqovoq mag‘izi, sarimsoqpiyoz kabilar juda foydali. Agarda siz sa’y-harakatlarga qaramay, ushbu kasallikka duchor bo‘lsangiz bunda sizga sarimsoqpiyoz va achchiq qalampir foyda beradi. Ayniqsa achchiq qalampirni ovqatga qo‘shib tanovvul qilsangiz u burun bitishini bartaraf etadi.
Ishtahangiz bo‘lmasa...
Tumov kasalligida ishtaha bo‘lmasligi tabiiy hol. Agarda ovqat tanovvul qilishni istamasan-giz, hech bo‘lmaganda ko‘proq suyuqlik iching. Biz sizga shifo bo‘luvchi bir necha issiq ichimliklar retseptini taqdim etamiz.
MEVALI ISSIQ MORS
Kerak bo‘ladi (10 kishilik ichimlik uchun): 150 gr meva (qora smorodina, malina, qulupnay), 150 gr shakar, 1 litr suv.
Tayyorlash: Mevalarni yuvib, doka yordamida sharbati siqib olinadi. Siqilgan sharbatdan qolgan massani qaynayotgan suvga solib, 10-20 daqiqa qaynating. So‘ng uni biroz sovutib shakar va meva sharbatini qo‘shing.
LIMONLI SHARBAT
Kerak bo‘ladi (8 kishilik ichimlik uchun): 125 gr malina, 500 ml sut, 2-3 ta rayhon barglari, 150 gr shakar, 2 ta limon.
Tayyorlash: Sut, rayhon barglari va shakarni tovaga solib 3-4 daqiqa qaynatamiz. Song olovdan olib unga 2 ta limonni siqib sharbatini qo‘shamiz. Biroz sovutib, unga malinalarni qo‘shamiz.
Asosiysi ushbu ichimliklarni issiq holda iching.
Manba: Dono Word
3 ta ovozOvoz berish: