Shifo.uz Hayot darsi Turmushingizni o‘zgartiruvchi 20

Turmushingizni o‘zgartiruvchi 20

Turmushingizni o‘zgartiruvchi 20

Har kuni 20 daqiqa sport bilan shug‘ullansangiz, salomatligingiz sizni bezovta qilmaydi.
***
Har kuni 20 daqiqa uyingizni tozalash ishlari bilan shug‘ullansangiz, xonadoningizda betartiblik kuzatilmaydi.
***
Har kuni 20 daqiqa diqqatni jamlab, bir nuqtaga qarang, shunda sizning aqliy faoliyatingizda inqiroz kuzatilmaydi.
***
Har kuni 20 daqiqa turmush o‘rtog‘ingizni jon qulog‘ingiz bilan eshiting, natijada munosabatlarda muammolar kuzatilmaydi.

***
Har kuni hech bo‘lmaganda 20 daqiqa keraksiz axborotlarni eshitmaslikka harakat qiling, shunda miyangizni keraksiz ma’lumotlardan himoya qilasiz.

***
Har kuni 20 daqiqa xarajatlaringizni hisob-kitob qilsangiz, moliyaviy muammolarga duch kelmaysiz.

***
Har kuni 20 daqiqa hech narsani o‘ylamasdan, ruhan va jismonan orom olsangiz, charchoq nimaligini unutasiz.

***
Har kuni 20 daqiqa badiiy kitob yoki foydali qo‘llanma o‘qisangiz, tajribangiz oshadi, dunyoqarashingiz kengayadi.

***
Har kuni 20 daqiqa tashqi ko‘rinishingiz parvarishiga vaqt ajratsangiz, sog‘lom va go‘zal bo‘lasiz.

4 ta ovoz
Ovoz berish:
1 2 3 4 5