Shifo.uz Yangiliklar Urug‘larning foydasi bor

Urug‘larning foydasi bor

Urug‘larning foydasi bor

Illinoys (AQSh) universiteti olimlari o‘simlik urug‘larining bir nechta foydali xususiyatlarini aniqlashdi.

Olimlarning gapiga qaraganda, o‘simlik urug‘lari sut bezi, tuxumdon, ichak, teri va o‘pkada xavfli o‘simtalar paydo bo‘lishining oldini olarkan. Ana shu xulosaga kelishdan avval olimlar parrandalar ustida tajriba o‘tkazib, bir yil davomida ularning ozuqasiga o‘simlik urug‘lari qo‘shib turilgan. Natija esa yomon bo‘lmagan. Hatto kasallikning eng so‘ngi pallasida turgan parrandalarda ham o‘simtalar sekin-asta kichraya boshlagan. Shundan so‘ng, olimlar o‘simlik urug‘lari, ayniqsa zig‘ir urug‘i inson salomatligi uchun nihoyatda foydali, degan xulosaga kelishgan.

Manba: Zamondosh.uz

 

3 ta ovoz
Ovoz berish:
1 2 3 4 5