Shifo.uz Maslahatlar Uyquga qancha vaqt ajratilishi kerak?

Uyquga qancha vaqt ajratilishi kerak?

Uyquga qancha vaqt ajratilishi kerak?

Ko'pchiligimiz uchun sakkiz soatlik uyqu yetarli, ammo ayrimlar bundan kam yoki ko'proq ham uxlashlari mumkin. Bu odamning hayot tarziga bog‘liq. Muhimi, o‘zimizni yaxshi his qilib, to'laqonli ishlash uchun qancha kerak bo‘lsa, shuncha uxlashimiz lozim.
Uyqu ikki xil — qattiq va yuzaki buladi. Yuzaki uyquda tanamiz qattiq uyqudagiday tiniqmaganligi tufayli sakkiz soatlik yuzaki uyqudan keyin ham o'zimizni lanj his qilamiz. Aksincha, qisqa, lekin qattiq uyqudan tiniqib uyg‘onamiz.

Buyuk sarkarda Iskandar Zulqaynar kunning istalgan paytida qattiq uxlay olar ekan. Bir galgi jang arafasida u tunni bedor o'tkazib, saharga yaqin yelkapushiga o'ralib, qattiq uyquta ketadi. Tongda qo'shinni jangga kiritshiga buyruq olish uchun sarkardalar uni uch marta uyg‘otishga majbur bo'lishadi. Uyqu chog‘ida uyqu markazi, tana va miyani tiniqtirish uchun asablarni muqosara qiladi, shu bois organizmda xarakat xohishi s'onib, qo'l-oyoqlarimiz va ichki a’zolarimiz uyquta cho'madi. Ammo ba’zi holatlarda organizmda faqat miya yoki tana uyquta ketadi. Safardan toliqqan askarning miyasi uxlab, tanasi uyg‘oq bo'lgani tufayli uyqu holatida ham yurishda davom etadi.

8 ta ovoz
Ovoz berish:
1 2 3 4 5