Shifo.uz Maqolalar Uyqusiz kunim – ishimda yo’q hech unim!!

Uyqusiz kunim – ishimda yo’q hech unim!!

Uyqusiz kunim – ishimda yo’q hech unim!!

Uyquni yomon ko’radigan inson bo’lmasa kerek va hozirda sir emaski agar siz to’laqonli yaxshi uxlasangiz o’zingizni kuni bo’yi tetik his etasiz.Uyqu faqatgina miyamiz va tanamizni qayta “zaryadlab qo’ymaydi” balki insonning o’rganishi hamda xotirasiga to’g’ridan to’gri ta’sir etadi.Shuning uchun bugun blogimda uyxalaslikni ba’zi zararlarini eslab o’tamiz.

Kelinglar uxlamaslik oqibatida nimalar kelib chiqishi haqida sizlarda tasavvur uyg'otay! 1965 yili, 17 yoshli Rendi Gardner ilmiy loyiha uchun eng ko’p soat mobaynida uxlamaslikni tanladi. Qarang , u bu orqasidan anchagina shov-shuvga ham erishdi va Ginnesning Rekordlar kitobiga eng ko’p tabiiy ravishda 11 kun uxlamagan inson bo’lib kiritildi. Olimlar bunday loyihaga ham o’z qiziqishini bildirdilar va uni tekshirib ko’rishdi.(Axir ularga bu tekingina “labaratoriya kalamushi” edi-da!!). Xo’sh, uning miyasida sodir bo’lganlarning hammasi inson uyqusi sohasida ajoyib yangiliklar edi. Avvalo, uni miyasi noto’g’ri ishlashni boshladi. Qisqa fursatda, jaxldor, esar, ko’ngli ayniydigan, va hech kimni hayron qoldirmay, o’ta toliqdi. Eksperimentning 5-kuni unda juda ham og’ir psixik kasalliklarning belgilari ko’rindi : gallusinatsiya(ko’cha belgisi u uchun odamdek ko’rindi), paranoya, o’zini yo’qotib qo’yish va hokazo. Oxirgi to’rt kunda esa u harakatlana olmay qoldi, nutqida o’zgarishlar boshladi. Unga  100 dan boshlab har bir raqamdan 7 ni ayrib berish so’ralganda, 65 raqamiga kelib to’xtab qolib “Men nima qilayotgan edim?” deb so’rashdan ham tap tormadi.  Xullas, hech kimga bunaqa eksperiment qilib ko’rishni tavsiya qilmagan bo’lardim.

Nega bunday o’zgarishlar bo’ldi? Nahotki biz uxlamasdan yura olmasak? Xotira va o’rganish qobilyatimizga yomon ta’sir etadimi unda?  Bunga o’xshagagan ko’p savollarga hali beri aniq javoblar yo’q ammo ba’zi dalillar ko’rsatadiki “uyqusidan qarz “ bo’lib qolgan odamlarda konsentratsiya buzular ekan, va u oqibatida insonning toza va tiniq fikrlashiga ta’sir etadi, zehnni pasaytiradi.

Tadqiqotlar ko’rsatadiki insonlar xotira bo’yicha testlarda bitta uxlab turganidan so’ng  yuqoriroq natijalar ko’rsatishgan, xattoki bizning o’zbek xalqida “qush uyqu” deb nomlangan 15 minutlik uyqudan so’ng ham. Buni o’zimdan misol qilaman, abiturientlik paytimda ba’zan 2-3 ta repetitorlarga borishimga to’gri kelardi. Ba’zan biridan kelganimdan so’ng , yarim soat ichida keyingi o’qituvchi oldiga borishim shart bo’lib qolardi. Aynan shunday damlarda 20 minutlik “qush uyqu” menga bitmas-tuganmas energiya tuhfa qilardi va eng muhimi o’rgangan bilimlarimni o’z-o’rniga joylashtirib, xuddi xotiramning  bir bo’lagida yangi xotiralar uchun joy ajratib qo’yar edi.

Uxlayotganimizda miyamiz butun kun davomida olingan Gigabaytlab axborotlarni “hazm qilish” bilan band bo’lar ekan. Bunday hazm davomida ,ishlovchi xotira tozalanib , yangi xotiralar uchun joylar ajratiladi. Tushlar ko’rayotgan paytimizda esa ma’lumotlar qayta joylanadi va xotiralar mustahkamlanadi.Shuningdek, uxlayotganimizda axborotlar bizga bilintirmay takrorlanib chiqadi va xotiralar o’rtasida muvozanat keladi. Gapning indallosi, bizga doimo uyqu kerak, bu biologik muhtojlik, yashab , tirik qolish uchun uxlashimiz darkor

Ba’zi insonlar savol berishi mumkin qancha uxlagan darkor? albatta bu insonning o’z tanasiga va ehtiyojlariga , yoshi va boshqa sabablar bog’liq , biroq ko’p manbalarda 7- 8 soatli uyquni yaxshi uyqu deb olishimiz mumkin. Ba’zida do’stlarimni ko’raman 10 soatlab uxlashadi bu kabi rejimni buzish ham o’zining salbiy tomonlariga ega. Bu haqida keyin to’xtalarmiz. Bilasizlarmi, ba’zan o’zim yaxshi uxlay olmasam, ertasi kuni o’qishda, leksiyada faol qatnasha olmayman, va ayrim hollarda, aytish “uyat ” bo’lsa ham dars davomida bir uxlab turvolaman.Ya’niki mening uyqusiz kunim  o’z ma’nodorligini yo’qotib, unumsiz kunga aylanadi.

Shunday ekan, xotiramizni yaxshilashning yana ishonchli usullaridan biri bu doimo uyqudan qarz bo’lmaslik, sog’lom-turmush tarziga rioya qilmoqlik.Doimo esda tutish darkorki, uyqu bu sizning do’stingiz

Manba: mnemonika.uz

2 ta ovoz
Ovoz berish:
1 2 3 4 5