Shifo.uz Hayot darsi UZOQ UMR KO‘RISH SIRLARI

UZOQ UMR KO‘RISH SIRLARI

UZOQ UMR KO‘RISH SIRLARI

9 TA BEBAHO MASLAHAT

Odamzod genetik xihatdan 150 yil yashashi mumkin. Lekin turli faktorlar sabab inson u qadar uzoq umr ko‘rmaydi. Ana shu faktorlarni hisobga olib, uzoq umr ko‘rgan insonlar hayotini o‘rganib chiqib, ba’zi bir xulosalar chiqargan holda, uzoq, sog‘lom umr ko‘rmoqchi bo‘lganlar uchun 9 ta bebaho maslahat tavsiya qilinadi. Unga rioya qilsangiz, hayotingizni birmuncha uzaytirish mumkin bo‘ladi.

1-maslahat. Ortiqcha ovqat emang. Agar siz og‘ir jismoniy ish qilgan taqdiringizda ham shu qoidaga amal qiling.

2-maslahat. Iste’mol ozuqangiz yoshingizga mos bo‘lishi kerak. Vaqti-vaqti bilan yong‘oq va jigar eb turish kishida ajin tushishini kechiktiradi. 40 yoshdan oshganlar ko‘proq sabzavotlar iste’mol qilishlari kerak.

3-maslahat. Nafaqaga chiqishga shoshilmang. Ishlagan odam o‘zining yoshidan o‘rtacha 5 yosh kichik ko‘rinadi. Ayrim sohalar salomatlikni saqlab qolishga yordam beradi.

4-maslahat. Hech qachon tushkunlikka tushmang! Hayotdagi har qanday holatga real munosabatda bo‘ling.

5-maslahat. Ko‘proq harakatlaning. Kuniga bo‘lmaganda bir necha daqiqa jismoniy mashq qilish umrni uzaytiradi.

6-maslahat. Salqin xonada uxlang. 17-18 gradus harorat ostida uxlaydigan odamlar uzoq vaqt yosh ko‘rinadilar, chunki modda almashinuvi va yosh bilan bog‘liq o‘zgarishlarda atrof-muhit harorati muhim rolÑŒ o‘ynaydi.

7-maslahat. Iloji boricha kayfiyatingizni chog‘ qilishga intiling. Goh-gohida o‘zingizni xursand qilib, parhezda bo‘lsangiz-da, yaxshi ko‘rgan taomingizni is’temol qiling, o‘yin-kulgu toliqishlarni yo‘qotib, umringizni uzaytiradi.

8-maslahat. G‘azablansangiz ichingizga yutmasdan uni chiqarib tashlashga harakat qiling. Ma’lumotiga ko‘ra, 64 foiz rak (saraton) kasaliga uchraydigan insonlar g‘azabini ichlariga yutar ekanlar.

9-maslahat. Aqlingizni ko‘proq ishlating. Krossvord, skanvord echish, o‘qish, chet tillarini o‘rganish, hisoblash, shaxmat o‘ynash miya faoliyatini kuchaytiribgina qolmay, yurak-qon aylanishi, modda almashinuv jarayonini faolashtiradi. Yuqoridagi maslahatlarga amal qilsangiz sizga, albatta yordam beradi.

Doimo salomat bo‘ling!

Manba: Iqbol gazetasi

18 ta ovoz
Ovoz berish:
1 2 3 4 5