- Xalq Tabobati
Uzum bilan davolash
(Ampeloterapiya) – turli kasalliklarni davolashda uzumdan foydalanish. Asosan sil(kasalliklarini boshlang’ich davrida ), yurak, jigar, buyrak, o’pka kasalliklarida, podagra ikkilamchi kamqonlik va boshqa kasalliklarda buyuriladi. Uzum b-n davolashda davo maqsadida Qrimning masla, risling , semilon, Markaziy Osiyo, O’zbekistonning tog’ uzumi, yakdona, xusayni, kattaqo’rg’on, oq kishmish, qora kishmish chillaki, xo’jaaxrori va boshqa uzum navlaridan foydalaniladi.
Uzum tarkibida 10-33% qanda(glyukoza va fruktoza), organic kislotalar (tatrat kislota, olma kislota, limon kislota va boshqalar), kalsiy, fosfor, temir va boshqa minerallar, shuningdek vitamin S, B, karotin, ba’zi fermentlar va fitonsidlar bor.
Davo uchun g’arq pishgan uzum tanlanadi va bemorlarga bir kunda 0,5 kgdan bera boshlab, bir sutkalik doza 2 kgga , sharbati esa 1-2 l gacha yetkaziladi. Har kuni uch mahal:naxorga peshinga va kechqurun beriladi.
Uzum b-n davolash da organizmda almashinuv jarayoni (ayniqsa suv-tuz almashinuvi) tezlashadi, siydik ko’p ajraladi, meda sekretsiya normallashadi, ichak funksiyasi kuchayadi va ishtaha yaxshilanadi. Davo vaqtida bemorga yog’li va sho’r ovqatlar, sut va sutli taomlar, spirtli ichimliklar ichish man qilinadi. Uzum bilan davolash 3 hafta davom etadi. Davolash vrach ko’rsatmasiga binoan o’tkaziladi. Qandli diabet meda yarasi, xronik sil avj olganda, gipertoniyada va surunkasiga ich ketganida Uzim b-n davolash qo’llanilmaydi.
10 ta ovozOvoz berish: