Shifo.uz Bolalar Salomatligi Vaqtni boy bermang

Vaqtni boy bermang

Vaqtni boy bermang

Tadqiqotchilarning hisoblashicha, maktab yoshigacha bo‘lgan bolalar ikkinchi tilni boshqalarga qaraganda tez o‘rganadi. Mazkur fikrga kelishdan avval olimlar ikki tilli va bir tilli maktab yoshiga yetmagan bolalar o‘rtasida o‘ziga xos tadqiqot o‘tkazishdi. Ikki guruhga bo‘lingan bolakaylarga o‘zlari bilgan va bilmagan hayvonlar rasmi ko‘rsatildi. Tadqiqot natijasiga ko‘ra, ikki tilli bolalar bir tilni biladigan bolalarga nisbatan ancha iste’dodli bo‘lib chiqishdi. Masalan, bir tilli bolalar o‘zlari bilgan hayvonlarni erinmay nomma-nom aytib bergan bo‘lsalar, aksincha, ikki tilli bolakaylar o‘zlari uchun mutlaqo notanish hayvonlar nomini hech bir qiyinchiliksiz sanab o‘tishgan. Tadqiqot chog‘ida olimlar ikki tilli bolalarda yangi va notanish so‘zlarni o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoq kuchli ekanini, qolaversa, ularda fikrlash, har bir so‘zni ravon talaffuz qilish qobiliyati shakllana borishini aniqlashdi. Shunday ekan, vaqtni boy bermaslik, imkon qadar bolalikdanoq til o‘rganib qo‘yish hech birimiz uchun zarar qilmaydi.

Manba: Zamondosh.uz

1 ta ovoz
Ovoz berish:
1 2 3 4 5