Shifo.uz Vitaminlar VITAMIN V3 HAQIDA

VITAMIN V3 HAQIDA

VITAMIN V3 HAQIDA

V3 vitaminining nomlari ko'p. V VITAMINLAR guruhida uning nomi V3, kimyogarlar uni niatsin deb ham atashadi. Yana yaqin kunlargacha uni PP vitamini deb ham atashgan.

Nikotin va uni ishlab chiqarish.

Nikotin – kimyoviy birikma bo’lib, u ituzumdoshlar oilasiga kiruvchi o’simliklarning barglarida bo’ladi. Uni ko’proq tamaki barglarida uchratamiz, lekin biz nikotinni pomidor, kartoshka, baqlajon va hattoki qalampir poyasida ham uchratishimiz mumkin. Nikotin kuchli neytroksin hisoblanadi lekin u osongina oksidlanib organizm uchun foydali V3 vitaminiga aylanadi. Ammo bitta muammo, odam organizmida bunday kimyoviy jarayon amalga oshishi uchun kerakli ferment mavjud emas. Shunday ekan, nikotin organizmda zaharli moddaligicha, uning organizmga foydaliligi afsonaligicha qoladi.

Qanday olinadi?

Nikotin kislotasi odam organizmiga 2 yo’l bilan kiradi. Birinchidan – Go’sht mahsulotlarida u odam organizmi tomonidan nikotinomid moddasi sifatida osongina o’zlashtiriladi. Ikkinchidan -O’simlik mahsulotlarida u organizmga nikotin kislotasi sifatida kirib osongina nikotimidga aylanadi. Bu vitamin odam organizmi tomonidan aniqroq aytadigan bo’lsak, organism simbiotlari ya’ni yog’on ichakda yashovchi foydali bakteriyalar tomonidan osongina sintezlanadi. Lekin bu jarayon amalga oshishi uchun organizmda yetarli darajada triptofan (60mg triptofanda 1mg nikotin kislotasi hosil bo’ladi) va V guruhiga kiruvchi boshqa vitaminlar: pirodaksin (V6) va riboflavin (V2) bo’lishi kerak. 

Nimaga zarur ?

Niastinning asosiy funksiyasi – to’qimalarda energiya hosil qilishga yordam berishdir. Riboflavin bilan birgalikda u ATF – odam tanasining energetik stansiyasida sintez jarayoniga ko’maklashadi. Niatsin estrogen, progesteron, testeron kabi jinsiy gormonlar va buyrakusti va buqoq bezlarining garmon ishlab chiqarishida qatnashadi.

PP vitamini oshqozon shirasi va ovqat hazm qilish fermentlarini ishlab chiqaradi.Vitaminning ozi ham uglevod va yog’larni hazm qiladi.

Bundan tashqari bu vitamin mayda qon tomirlarini kengaytiradi, qon tomirlaridagi “yomon xolesterin”dan tozalaydi va qon bosimini pasaytiradi.

Qancha zarur:

Sog’lom kishilar uchun kunlik doza miqdori:

6 oylik bolalarga – 2 mg

6 oydan 12 oylik bolalarga – 4 mg

1 yoshdan 3 yoshgacha bo’lgan bolalarga – 6 mg

4 yoshdan 8 yoshgacha bo’lgan bolalarga – 8 mg

9 yoshdan 13 yoshgacha bo’lgan bolalarga – 12 mg

O’smirlar va erkaklar 14 yoshdan keyn – 16 mg

Qizlar va ayollar 14 yoshdan keyn – 14 mg

Homilador va emizikli ayollar uchun Vitamin B3 ko’proq talab etiladi, ammo doza miqdorini shifokor bilan maslahatlashish zarur.

Agar vitamin V3 yetishmasa?

Vitamin V3 ni jiddiy yetishmovchiligi oqibatida Pallegra nomli kasallik payso bo’ladi. Ba’zida uni 3 ta D kasalligi: Diareya, Dermatit, Demensiya deb ham atashadi.  Odamlarda niatsin yetishmovchiligi jismoniy va ruhiy buzilishlarga – terida yaralar paydo bo’lishi, uyqusizlik, hazm bo’lishni buzulishi,  aqliy faoliyatni susayishiga olib keladi.

O’zlashtirishga nima halal beradi?

Boshqa suvda eriydigan vitaminlar singari niatsin organizmda saqlanib qolmaydi va uni doimo ovqat bilan iste’mol qilish kerak. V3 vitamini oshqozonning pastki qismida va o’n ikki barmoqli ichakda organizmga so’riladi.Shuning uchun bu organizmlar kasallanganda, V3 vitaminining yetishmovchiligi kuzatiladi. Yana niatsin yetishmasligi ichak tabiiy mikroflorasini buzilishida antibiotic qabul qilganda, qat’iy parhez tutganda kuzatiladi. Tarkibida shakar mavjud bo’lgan mahsulotlar niatsinni parchalaydi. Masalan, shirin gazlangan suv. Yana vitamin yetishmasligi tarkibida PP vitamin o’zlashtirmaydigan formasi mavjud mahsulotlarni ko’p istemol qilishda kuzatiladi. Masalan makkajo’xori. V3 vitamini quyidagi moddalarda ko’p: yog’siz mol go’shti, jigar, yurak va buyrak. Nisbatan sut mahsulotlarda tuhum, tovuq, dengiz balig’i, qo’ziqorin, yong’oq bargli ko’katlar, pomidorda kamroq.

Eng asosiysi. V3 vitaminini sigaret chekish orqali olmaymiz, lekin bu vitamin go’sht mahsulotlarida ko’p. Bu vitaminni tripofan ichak foydali bakteriyalari ishlab chiqaradi. V3 vitamini barcha toqimalarning oziqlanishi va foydali moddalarning tog’ri so’rilishiga hizmat qiladi.

Esdan chiqarmang: V3 bu osha eski kitoblarda berilgan PP vitamin.  

Behzod Kenjaboyev

7 ta ovoz
Ovoz berish:
1 2 3 4 5