- Vitaminlar
Vitaminlar alifbosi
Bolaning sog‘lom va go‘zal bo‘lib rivojlanishida vitaminlarning ahamiyati katta. Biz hammamiz vitaminlar ko‘katlar, sabzavotlar, mevalar, reza mevalar tarkibida borligini bilamiz. Ammo shunday vitaminlar ham borki, ular hayvonlardan olinadigan yog‘lar tarkibida mavjud bo‘lib, bolalar va kattalar uchun juda zarurdir.
A vitamini - infektsiyalarga karshi kurash
Ikki xil shaklda bo‘ladi: retinol va karotin.Baliq moyi, pechenie, tuxum, sut mahsulotlaridan retinolni topish mumkin. Bular organizmning A vitaminiga bo‘lgan talabining uchdan bir qismini qondiradi. Karotin esa o‘simlik yog‘lari tarkibida bo‘ladi. Bundan tashqari, sabzi, pomidor, ko‘kat va sariq rangli sabzavotlar, mevalar, reza mevalarda ham mavjud. Karotin yog‘da yaxshi eriydi, shuning uchun bu mahsulotlarni yog‘, qaymoq yoki smetana bilan iste’mol qilgan ma’qul.Karotin ko‘rish organlari bilan bog‘liq ko‘pgina kasalliklarni davolashda yordam beradi.Immunitet vitamini deb ataladi, chunki organizmning infektsiyalarga qdrshi kurashish qobiliyatini oshiradi.Teri va sochni sog‘lom, go‘zal holatda saqlaydi.Bolaning bo‘yi o‘sishida yordam beradi, suyaklarni mustahkamlaydi, tish va tish milklarini sog‘lomlashtiradi.Qalqonsimon bezlar faoliyatini yaxshilaydi.A vitamini etishmaganda teri qurib, xunuklashib qoladi. U qizarib, archilib tusha boshlaydi.Organizmning infektsiyalarga qarshi kurashish layoqati pasayib ketadi.Retinol etishmasligi oqibatida ko‘zlarning qizarib ketishi va achishishi kuzatiladi. Mabodo shifokor A vitamini ichishni tavsiya qilsa, qancha miqdorda ichishni yozib olishni unutmang, chunki bu vitaminni me’yoridan ortiq ichib yuborish ham xavfli. Agar yuqorida sanab o‘tilgan mahsulotlarni doimiy ravishda iste’mol qilib tursangiz, qo‘shimcha A vitamini ichishga hojat qolmaydi.
D vitamini - suyaklar mustahkamligi
D vitamini - kaltsiferol, viosterol, ergosterol va quyosh.Quyosh nuri yog‘li moddalar bilan birgalikda bu vitaminning paydo bo‘lishi va teri orqali ichkariga so‘rilishiga yordam beradi.Kaltseferolga boy ozuqalar tarkibiga baliq moyi, sarda, seld, tunets baliqlari, sut va sutli mahsulotlar kiradi.Suyak va tishlarni mustahkamlovchi kaltsiy va fosfor moddalarining organizmga so‘rilishida yordam beradi.A va S vitaminlari bilan birgalikda qabul qilinsa, shamollash kasalliklariga ham foydasi bor.A vitaminining o‘zlashtirilishini ta’minlaydi.Ko‘z jildi, shilliq pardasining yallig‘lanishini davolashda yordam beradi.D vitamini etishmovchiligida raxitning turli ko‘rinishlari, tishlar emirilishi va suyaklarning yumshoqlashishi oqibatida bola suyaklarining nomutanosib rivojlanishi kuzatiladi.
E vitamini - kislorod demak
E vitamini tokoferollarning aralashuvidan tarkib topgan. Faol antioksidant.Hayvonlardan olinadigan mahsulotlar orasida tuxum E vitaminining koni hisoblanadi. Tokoferol o‘simliklar tarkibida ham bor, eng boylari - bug‘doy, o‘simlik yog‘i, soya, ismaloq, bargli ko‘katlar va boshoqli o‘simliklardir. Agar ovqatlarda ana shular bilan birgalikda jonzotlar yog‘laridan foydalanilsa, E vitaminiorganizmga yaxshi singadi. Tokoferol organizmda qisqa muddat saqlanadi, shuning uchun ushbu mahsulotlardan tayyorlangan ovqatlarni har kuni iste’mol qilish kerak.Organizmning kislorod bilan ta’minlanishini yaxshilaydi.A vitamini bilan birgalikda o‘pkani notoza havodan asraydi.Kuygan va kesilgan joylarning o‘rni tezroq va chandiqsiz bitishini ta’minlaydi.Organizm qujayralarining chidamliligini oshiradi.Uning taxchilligi qon xo‘jayralarining buzilishi, kamqonlik, mushak tolalarining bo‘shashishiga olib keladi.
K vitamini - foydali bakteriyalar
K vitamini ichaklarda yashaydigan havo bakteriyalarini paydo qilishi mumkin. Bakteriyalarga qarshi dori-darmonlar ishlatish oqibatida foydali bakteriyalar ham kamayib ketsa, K vitamini tavsiya etiladi.K vitaminiga boy bo‘lgan mahsulotlar - yashil bargli sabzavotlarning faqat yangi uzilganlari. Muzlatilgan mahsulotlarda K vitamini o‘lgan bo‘ladi. Bundan tashqari, yogurt, beda, tuxum sarig‘i, soya, baliq moylari tarkibida ko‘p bo‘ladi.K vitamini qon quyulishini normal holatda saqlaydi.K vitamini taxchilligi oqibatida kuchli ich ketishi mumkin. Bu antibiotiklarni tavakkal qabul qilish. oqibatida kelib chiqadi.
G‘ vitamini — sog‘lom teri va sochlar
G‘ vitamini - to‘yinmagan yog‘li kislotalar. Bu iste’molda ishlatiladigan o‘simlik yog‘lari tarkibidagi kislotalardir.Ko‘pgina kerakli yog‘li kislotalar quyidagi o‘simlik yog‘lari tarkibida bo‘ladi: zig‘ir, soya, kungaboqar, yong‘oq, eryong‘oq, pista, bodom. Ammo bularning hammasi ochiq idishlarda saqlanishi shart, issiqda tarkibidagi G‘ vitamini buzilib ketadi.G‘ vitamini teri va sochlar sog‘lomligini asraydi. Kichkintoyning bo‘yini o‘stiradi va umumiy aqvolini yaxshilaydi. Ichki sekretsiya bezlarining faolligiga samarali ta’sir qiladi, kaltsiyning so‘rilishini yaxshilaydi. Ortiqcha vaznlardan xalos etishda ham uning yordami katta. G‘ vitamini to‘yinmagan yog‘larni kuydirish xususiyatiga ega.To‘yinmagan yog‘li kislotalar etishmasligining boshlang‘ich belgilari - terida sariq yog‘li tangachalar paydo bo‘ladi, sochlar qurib qoladi va mo‘rtlashadi. Agar uning taxchilligi oshib ketsa, har xil toshmalar toshadi, ich ketishiga moyillik boshlanadi.Agar bolangiz sog‘lom, go‘zal va umuman har tomonlama barkamol bo‘lib ulg‘ayishini istasangiz, uning taomnomasi vitaminli ozuqalarga boy bo‘lishiga e’tibor bering.
Ovoz berish: