Shifo.uz Maqolalar Xarakter qon guruhiga bogliqmi?

Xarakter qon guruhiga bogliqmi?

 Xarakter qon guruhiga bogliqmi?

Qon guruhi kishining xarakteri va o’ziga xos xususiyatlarini aniqlaydi. Bu fikrni yapon olimi Poshitake Nomining millionlab kishilarning hayotini o’rganish xulosalari tasdiqlaydi. Poshitake insonlarni o’rganib, qon guruhi bo’yicha odamlarning harakter ko’rinishini aniqlashga muvofaq bo’ldi. Bugun o’sha ma’lumotni sizlarga ham taqdim etishga qaror qildik.

I Guruh – Siz liderlikka o’chsiz. Oldingizga qo’ygan maqsadga erishmaguncha tinchimaysiz. Olg’a harakat qilishda to’g’ri yo’nalish belgilay olasiz. O’z kuchingizga ishonasiz, lekin ehtirosli holda emas. Kamchiliklaringiz ham bor. Siz o’ta rashkchi va shoshqaloqsiz. Bundan tashqari siz juda izzattalabsiz.

Ijobiy tomoni: Rostgo’y, jozibador, kelishgan qaddi qomatli, kek saqlamaydigan, keng va hur fikrlisiz.
Salbiy tomoni: Qizg’anchiq, betgachopar, hissiz.

II Guruh – Siz osoyishtalik va tartib intizomni yaxshi ko’rasiz. Odamlar bilan yaxshi ishlay olasiz. Bundan tashqari siz ta’sirchan, madaniyatli va ochiq ko’ngilsiz. Sizning kamchiligingiz – o’jarligingiz va asablaringizni boshqarib bilmaganigizdadir.
Ijobiy tomoni: ishonchli sherik, do’st, har doim hamkor bo’la olasiz.
Salbiy tomoni: manman va qiziqqonsiz.

III guruh – Siz o’z hohishingiz bo’yicha ish qiladigan insonsiz, shaxsiyatparastsiz. Hamma narsaga tez moslasha olasiz. Hayolparastlikdan uzoqsiz. Lekin sizni o’zboshimcha ish qilishingiz ba’zan sizga pand berishi mumkin.
Ijobiy tomoni: qiziquvchan, ijodiy imkoniyatlari keng.. hayvonlarni yaxshi ko’radi.
Salbiy tomoni: xotirasi sust, ma’suliyatsiz, dangasa.

IV guruh – siz tinch va hotirjamsiz. Kishilar sizni sevadi va siz bilan o’zlarini erkin his qiladilar. Ularning vaqtlarini chog’ qilishni bilasiz va bir vaqtning o’zida atrofdagilarga odobli va adolatlisiz. Lekin ayrim vaqtlarda qiziqqonsiz. Ba’zan uzoq vaqt ikkilanib, qaror qilishga qiynalasiz.
Ijobiy tomoni: vazmin, bosiq, sog’lom fikrli, mehrli insonsiz.
Salbiy tomoni: beparvo, qat’iyatsiz, kek saqlovchi, ba’zida sevgisiga xiyonat qiladiganlardan bo’lib qolasiz.

12 ta ovoz
Ovoz berish:
1 2 3 4 5