- Yangiliklar
XOTIRANI MUSTAHKAMLOVCHI MAHSULOTLAR
Kundan-kunga o‘z aqliy qobiliyatidan shubhaga tushib borayotgan insonlar oramizda ko‘pchilikni tashkil etadi. Ayniqsa, parishonxotirlik sabab kutilmaganda qator muammolar kelib chiqaveradi.
Ammo shunisi quvonarliki, o‘z vaqtida berilgan e’tibor tufayli eslash qobiliyatini tiklash va mustahkamlash mumkin. Quyida e’tiboringizga havola etilayotgan mahsulotlar xotirani yaxshilar uchun g‘oyat foydalidir.
Baliq. Bu mahsulotni ko‘proq aqlli bo‘lishni istaganlar iste’mol qilishlari lozim. Baliq miya hujayralarining uzoq vaqt g‘ayrat bilan ishlashi uchun kerak bo‘lgan moddalarga boy. Shuningdek, tarkibida ko‘p miqdorda fosfor, yarimto‘yingan omega-3 yog‘ guruhi mavjud bo‘lib, u miyadagi qon ta’minotini yaxshilaydi.
Karam. Miya faoliyatini me’yorlashtiradi, asab tizimidagi yosh bilan bog‘liq muammolarini bartaraf etishga yordam beradi.
Pomidor tarkibidagi likopen antioksidlovchisi miya katakchalariga ziyon etkazuvchi va aqli pastlikka olib keluvchi erkin radikallardan xalos bo‘lishda yordam beradi.
Olma sharbati tarkibidagi modda miya katakchalarini oksidantli stress (xotiraning va aql-idrokning susayishi)lardan himoyalaydi. Olma va olma sharbati keksalikda aql tiniqligini saqlab qolishga yordam beradi.
Yong‘oq dofaminga boy bo‘lib, fikrlash qobiliyatini yuksaltiradi. Shuningdek, uning tarkibidagi litsin miya faoliyatini yaxshilaydi va xotirani kuchaytiradi. Besh dona yong‘oq-bu bir sutkalik me’yor. Shuningdek, yong‘oqlar miyaning barvaqt qarib qolishining oldini oladi.
Sarimsoq tarkibida miya hujayralarini faollashtiruvchi moddalar mavjud. U nafaqat xotirani tiklaydi, shu bilan birga miyaning yosh bilan bog‘liq o‘zgarishlariga ham to‘sqinlik qiladi.
Rux xotirani yaxshilaydi. U baliq, qo‘zoqli (struchkovoy) mahsulotlar va non tarkibida mavjud.
Yod. Miyaning normal faoliyati uchun muhim hisoblanadi. Aqliy qobiliyat va kayfiyatga ta’sir etadi. Baliq, karam va xurmo tarkibida ko‘p miqdorda yod mavjud.
Bor. Agar u etishmasa, miya faoliyati pastlab ketadi. Shuning uchun ham olma, nok va uzum kabi mevalardan ko‘p miqdorda iste’mol qilib yuring.
Magniy. Nerv impulÑŒslarini o‘tkazishga javobgar. Yong‘oq, loviya, soya, grechka, kakao va lavlagi magniyning koni hisoblanadi.
Temir. Eslab qolish layoqati va diqqatning jamlanishi uchun juda muhim. Temir ko‘p miqdorda go‘sht mahsulotlari, quruq mevalar va ko‘k sabzavotlar tarkibida mavjud.
Vitamin S. Na’matak, qora qarag‘at (smorodina), chetan (ryabina), chakanda (oblepixa), tsitruslar, qizil qalampir, erqalampir, petrushka, piyoz, shivit (ukrop) va karam tarkibida mavjud.
V vitaminlar guruhi. Asab tizimini uyg‘unlik bilan ishlashi uchun muhim. V1 - kepak, no‘xat, yormalar, yong‘oq, jigar, tuxum sarig‘i va sutda, V12 - go‘sht, mol jigari, baliq mahsulotlari tarkibida ko‘plab uchraydi.
Quyidagi mahsulotlarni muntazam iste’mol qilish orqali o‘zingizdagi parishonxotirlikdan xalos bo‘lishingiz mumkin.
Boshpiyoz - miya hujayralarini a’lo darajada kislorod bilan to‘yintiradi.
Yasmiq (chechevitsa) doni - aqlning tiniqligini ta’minlaydi va fikrlash qobiliyatini tezlashtiradi.
Limon - intellektual salohiyatning tiklanishi va mustahkamlanishida yordam beradi.
Shuningdek, yalpizli choy ham g‘oyat foydali. Chunki yalpizning hidi miyaning faoliyatini rag‘batlantiradi va xotirani mustahkamlaydi.
Manba: Iqbol gazetasi
62 ta ovozOvoz berish: