Shifo.uz Maslahatlar Xurrakning davosi

Xurrakning davosi

Xurrakning davosi

Odam nega xurrak otadi? Xurrak otishga ko'pincha burun-xalqum tuzilishidagi o'ziga xos tug'ma xususiyatlar yoki surunkali yallig'lanish kasalliklari: tumov, gaymorit, tonzillit, shuningdek burun poliplari va adenoidlar sabab bo'ladi. Bunda yumshoq tanglay va lakluk yallig'lanadi hamda bir muncha qalin tortadi, burun-halqumga kirish yo'li torayadi va unda manfiy bosim hosil bo'ladi.

Uyquda og'izdan nafas olganda havo og'izdan burun-halqumga o'ta turib yumshoq tanglayni tebratadi, natijada odam xurrak otadi.

Xurrak otayotgan paytda odam boshqa yonboshga ag'darilib olganda xurrak ko'pincha to'xtaydi. Xurrak otmaslik uchun quyidagi oddiy tadbirni qo'llab ko'ring: kechqurun yotishdan oldin gazlamani yostiqcha shaklida bir necha qavat qilibqattiqroq qilib buklab oling-da, ensaga qo'ying, ustidan doka bilan boshingizni qo'shib bog'lang. Shunday qilsangiz, chalqancha yotolmaysiz, yonboshlab olishga majbur bo'lasiz.

Agar bu usul ham yordam bermasa, vrachga boring. Burundan normal nafas olishni tiklash uchun ba`zan operasiya qilishga to'g'ri keladi. Biroq bunda fizioterapevtik muolajalar (mexanik mikromassaj, issiqlik ta`siri) ham yaxshi yordam beradi. Ana shundan keyin yumshoq tanglay va lakluk hajmi normallashib qoladi, burundan erkin nafas ola boshlaydi va xurrakdan qutuladi.

Manba: Tib.uz

13 ta ovoz
Ovoz berish:
1 2 3 4 5