- Xalq Tabobati
Yesang piyoz yurasan soz!
Piyozning shifobaxsh xususiyatlari bundan taxminan to’rt ming yil muqaddam Sharq xalqlariga ma’lum edi. Ko’xna Yunon, Qadimiy Misr xalqlaripiyozga bo’lgan chuqur hurmat-ehtiromlarini bo’yniga shoda qilib osib yurish bilan ifoda etganlar. Ma’lumotlarda keltirilishicha, piyoz har qanday havfli va tasodifiy kasalliklardan muhofaza etuvchi “sexrgar” deb e’tiqod qilinar ekan.
Xalq tabobatida piyozning shifobaxsh xususiyatlaridan atroflicha foydalaniladi. Uni ichakning qattiq og’rig’ida, kolit, ateroskleroz, gipertoniya, avitaminoz kasalliklarida, manqa, tumov, chipqon, xo’ppoz, sizlog’ich, xatto yumaloq gijjani tushirishda ham ishlatiladi.
Bodomcha bezlarining yallig’lanishida (angina) va nafas yo’llari shamollaganida kosaga yoki likopchaga piyoz suvini quyib, boshni katta sochiq yoki boshqa narsa bilan o’rab, har kuni 10 minut davomida uni hidlash lozim ko’riladi. Bunday tadbir biro y davomida o’tkaziladi, zarur bo’lganda biro y dam olib, muolajani yana davom ettirish mumkin.
Piyoz kishi organizmidagi qand miqdorini kamaytirish qobilyatiga ham ega. Shu tufayli, ko’proq piyoz soling suyuq ovqatlar qand kasali bilan og’rigan bemorlarga tavsiya etiladi.
Piyoz bo’tqasi teri kuyganida va sovuq urganida ijobiy natija beradi: bo’tqani toza chit matoga o’rab jaroxatga qo’yilsa uni illatdan xalos qiladi. Chala pishirilgan piyoz xo’ppoz va chipqonning tezroq yetilishiga yordam beradi, bavosilga ham malham bo’ladi. Shuningdek boshpiyoz bo’tqasi yuzdagi dog’, sepkil va xusnbuzarlarni yo’qotishda ham yordam beradi.
Iztirobli yo’talga qarshi piyozli amal mavjud. Buning uchun bir stakan sutga 2 dona o’rtacha kattalikdagi piyozboshi mayda to’rg’ab solinadi va qaynatiladi, 4 soat tinch qoldiriladi. So’ngra dokadan o’tkazib suziladi. Qaynatmadan kuniga bir osh qoshiqdan har 2-3 soatda ichib turiladi. Piyoz bilan asal omixtasi miya skleroziga davo sifatida tavsiya qilinadi. Buning uchun bir stakan piyoz sharbatini bir stakan asal bilan aralashtiriladi. Tayyorlangan dori osh qoshiq yoki choy qoshiqda kuniga uch mahal ovqatdan bir soat oldin yoki ovqatdan ikki-uch soat keyin ikki oy davomida iste’mol qilinadi. Bunda ikki haftalik tanafusdan keyin yana ikki oy yeyilishi tavsiya etiladi.
Piyozning xushxo’r ziravor ekanligi barchaga ma’lum: sabzi bilan piyoz ko’pgina taomlarni tatimli va ko’rkam etilishiga odatlanib qolganmiz. Kuzda ekilgan piyozning barrasini erta bahorda ko’plab iste’mol qilamiz. Piyoz barglari yorilgan teriga, qalinlashayotgan qadoqqa qo’yiladi. Barra piyoz taomni xazm bo’lishini yaxshilaydi, soch to’kilishidan asraydi. Uning sharbti va qanddan tayyorlangan organizmni mustahkamlaydi.
Manba: "O'simlik va inson salomatligi" - Toshkent 1991
2 ta ovozOvoz berish: