Shifo.uz Maqolalar Yod bilan yodning farqini bilasizmi?

Yod bilan yodning farqini bilasizmi?

Yod bilan yodning farqini bilasizmi?

Buqoq – inson organizmida yod miqdori yetishmasligi kasalligidir. Buqoq mamlakatimizda uzoq yillardan beri mavjud kasalliklardan biri, biroq u so’nggi yillarda insonlar salomatligiga sezilarli  ta’sir qilmoqda. Hozirda hatto o’smirlarda ham yod yetishmasligi oqibatida bir qancha jiddiy kasalliklar kelib chiqmoqda. Yod organizmning rivojlanish davrini tog’ri yo’lga qo’yadi, bosh miyaning rivojlanishi, barcha organlarning to’g’ri shakllanishiga yordam beradi. Bolalar organizmida yod tanqisligi ularning aqliy rivojini 20 %gacha pasayishiga olib keladi, immunitetni kuchsizlantiradi.

Buqoqning tarqoq, tugunli, aralash va zaxarli turlari mavjud. Kasallikni oldini olish uchun tarkibida yod miqdori ko’p bo’lgan mevalar – xurmo, yong’oq va temir moddasiga boy – olma, behini muntazam iste’mol qilish kerak. Yod-bu inson organizmi uchun har kuni kerak bo’ladigan juda muhim mikro elementlardir. U ko’proq tuzlarning tarkibiga qo’shiladi. Ayniqsa yod okean baliqlarida ko’p bo’ladi. Agar buqoq paydo bo’lmasdan ana shunday mahsulotlar kundalik iste’mol qilinsa kasallik avj olmaydi.  Ko’pchilik bemorlar shifokorga kasallik kuchayib ketganidan keyin murojaat qilishadi, vaqtida tabiiy ko’rikdan o’tib turishmaydi. Qizig’I shundaki ayrim kishilar “yod” deganda suyuq dori-yod eritmasini tushunishadi, hattoki shu dorini oziq ovqat mahsulotlariga tomizib yeyilsa, buqoqni kichraytiradi deb o’ylashadi. Bu noto’g’ri fikr. Buqoq kasalligi bilan og’rigan bemorlar mahsus yod elementli “Mikroyodid”, “Yodamarin”, “Yodbalans kabi dorilarni” muntazam ichib turishlari shart. Uning miqdorini esa shifokor – endokrinolog maslahati bilan belgilab olish lozim umuman olganda bunday bemorlar muntazam shifokor ko’rigidan  o’tib turishlari shart. Mahalliy usullarda muolaja o’tkazish yo’li bilan buqoqni davolash ko’p hollarda teskari natijalarga olib keladi. Shu bois buqoqingiz bezovta qilsa, albatta endokrinologga murojaat qiling.

Manba: Dono Word

<img style="float: left;" src="/uploads/--.jpg" alt="" width="300" height="214" />
17 ta ovoz
Ovoz berish:
1 2 3 4 5