- Xalq Tabobati
Zaytun yog‘i yurakni himoya qiladi
Ko‘plab ilmiy izlanishlar zaytun yog‘ining foydali xususiyatlarini tasdiqlamoqda. U asosan yurak qon tomir tizimiga yaxshti ta’sir ko‘rsatadi, deydi ispaniyalik ekspertlar. Kuniga 2 choy qoshiq zaytun yog‘i yurak kasalliklari xavfini kamaytirishga etarli.
Har kuni ikki choy qoshiq yoki bir osh qoshiq zaytun yog‘i yurak kasalliklari xavfini 28% ga kamaytiradi. Bunday hulosaga olimlar 29-69 yoshdagi 41 000 evropaliklar ma’lumotini tahlili qilish asnosida kelishdi. Ishtirokchilar iste’moli va sog‘lig‘i haqidagi ma’lumotlarni 13 yil davomida yig‘ishdi. Bu muddatda 2000 odam vafot etdi, ulardan 956 tasi saratondan, 416 tasi – yurak kasalliklaridan.
Olimlar zaytun yog‘i iste’moli va saraton rivojlanishi xavfi orasida bog‘liqlik topa olishmagan bo‘lsada, bu maxsulot yurak salomatligiga anchayin ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 29 grammdan oshig‘roq yoki ikki osh qoshiq yog‘ iste’mol qiladigan odamlar yurak muammolari bilan 44%ga kamroq o‘lishadi.
Zaytun yog‘i baliq, mevalar va sabzavotlarga boy bo‘lgan o‘rta er dengizi parhezining bir qismi bo‘lib hisoblanadi. Bu maxsulotda monoto‘yinmagan yog‘lar va polifenollar bor, ular organizmda shamollash darajasini va tromb hosil bo‘lish xavfini kamaytiradi
Manba: Tib.islom.uz
5 ta ovozOvoz berish: