- Maqolalar
Zaytun yog'ining shifobaxshligi
Zaytun mevasida (ekzokarpida) 56 % gacha moy , glikozidlar , oqsil , vitaminlar bor . O'simlikning barglarida esa efir moylari , alkaloidlar , organik kislotalar , fitosterinlar vitamin C va oshlovchi moddalar mavjud . Xalq tabobatida zaytun qadimdan qo'llanilib kelinadi . Zaytunning shifobaxshligi Ibn Sino "Tib qonunlari " kitobining 2- tomida (236 ko'rsatkich maqolasi ) shunday deyilgan : "... Yovvoyi zaytun shirasi quritilib, kulcha qilinadi va quloq oqmasini davolashda ishlatiladi ... Chayon solib qo'yilgan zaytun yog'i quloq og'rig'iga tomiziladigan dorilarning eng qimmatlisidir ... Yelimi ko'zga tushgan oq va mazguz qatlamining dag'allanishiga qarshi ishlatiladi". Zaytun moyi bilan qilinadigan tashqi muolajada quymich nervlarining yallig'lanishiga , niqriz (podagra) va istisqo (vodyanka) ga yengillik beradi . Zaytunni gazak o'ti bilan qaynatib iste`mol qilinsa , ichakning burab og'rishi to'xtaydi , gijjalardan xalos bo'linadi . Zaytun moyidan ilmiy medetsinada ham keng foydalanilmoqda . O't qopchasida tosh bo'lsa 100-200 g dan , yengil surgi sifatida esa 15-50 g dan ichish tavsiya qilinadi . Zaytun moyining a`lo navlari emulsiya holida buyrak va qovuqqa tosh kelganida iste`mol qilinadi . Uning moyidan maz va malhamlar tayyorlashda ishlatiladi. Zaytun moyi tarkibida 80 % olein , 10 % palmitin , 5-8 % stearin , limol , araxin va boshqa kislotalarning glisiridlari bo'ladi . Rangli va ingichga bo'g'izli shisha idishlarda , og'zi zich yopilgan holda saqlanishi lozim . Aks holda uning tarkibidagi kislotalar o'zgarib , shifobaxshlik xususiyatlarini yo'qotishi mumkin . Zaytunning 500 ga yaqin navlari bor . Ular asosan 2 gruppaga : konservabop hamda moy beruvchilarga bo'linadi . Konservabop zaytun mevalari odatda yirik , danagi mayda , yumshoq qismida 30-50 % (quruq holida) , moy beruvchi zaytun navlarining tarkibida 50-70% moy bo'lishi mumkin . Zaytunning quyidagi navlari bizning vatanimizda yetishtiriladi : Ozarbayjon zaytuni, Baku zaytuni , Otur , Revolutsiya-25 , Krimskaya-172, Nikitin .
1 ta ovozOvoz berish: