ABU ALI IBN SINO
 
        “ABU ALI IBN SINO” sanatoriysi – qadimiy va hamisha navqiron  Samarqandning Nurobod tumanida joylashgan. Bu sanatoriy asab tizimi,  yurak-qon tomir, tayanch-xarakat, teri kasalliklariga duchor bo’lgan  bemorlarni davolaydi.
Sanatoriyning asosiy xosiyati rodonli  suvidir. Termal (37-43o C), tarkibi tabiiy rodonli (20-25 mKiG`p),  xlorid-sulfat? Natriyli? Kam ishqorli (pH-8,1) va azot gazli suvidir.  Xususiyatiga ko’ra, u mashxur Sxaltuba suviga o’xshash. Sanatoriyning  davolash va diagnostika xonalari zamonaviy tibbiyot apparatlari va  uskunalari bilan jihozlangan.
Bemorlarni davolashda  fizioterapiya, davolash fizkulturasi, massaj, paraffin, balchiq va igna  bilan davolash, o’t-giyohlardan damlamalar tayyorlash, ichaklarni  yuvish, ingalyatsiya usullaridan foydalaniladi. Sanatoriyda parhezli  ovqatlanish yaxshi yo’lga qo’yilgan.
Dam oluvchilar qulay ikki  qavatli yotoqxona binosiga bir hamda ikki kishilik xonalarga  joylashtiriladi. Yozgi va qishki klub, diskoteka, sport maydonchasi,  xhoyxona dam oluvchilar xizmatida.
Sayohat paytida sizga  jahonning barcha mamlakatlaridan minglab sayyohlarni jalb etgan qadimiy  Samarqandning so’nmas obidalarini ko’rsatishadi.
Manzil: “Abu Ali Ibn Sino sanatoriyasi” MCHJ 104244
Samarqand viloyati, Nurobod tumani, Nurbuloq qo’rg’oni.
Telefon: (8-3662) 29-47-09 (Samarqand)
(8-36663) 3-18-09 (Nurobod)
 
                         
                         
                        