Shifo.uz Sihatgohlar BO`STON

BO`STON

BO`STON

“BO`STON” sanatoriysi – Toshkent shahridan 30 km masofada, dengiz sathidan 450 metr balandliklda, “Zax” kanalining bo’yida joylashgan. Serquyosh kunlar, shifobaxsh suv va davolovchi baliqlar asab tizimlari, yurak, qon-tomir, ginekologiya, urologiya kasalliklari bilan og’rigan bemorlar uchun ajoyib davolash omillaridan hisoblanadi.

Davolash maqsadida termal sulfat-kaltsiy, ishqorli natriy, azot minerallariga boy bo’lgan madanli suv vannalari beriladi. Shuningdek elektronur, davolash jizmoniy tarbiyasi, psixoterapiya, ignaterapiya, lazeroterapiya, galvanobalchiq, parafin-ozokeritlar qo’llaniladi. Zarur diagnostika uchun ultra tovush tekshiruvi, kompyuterli EKG, roentgen xona, klinik va bioximik laboratoriya mavjud.

Yotoq binolari shinam jihozlangan bir va ikki o’rinli xonalardan iborat. Shuningdek oshxona, fitobar, klub, kutubxona, bar va sauna sizning xizmatingizda.

Dam oluvchilar uchun qo’shimcha xizmatlardan sharq choyxonasi, suratxona, ayollar va erkaklar sartaroshxonasi, aloqa bo’limi va avtotransport turar joyi faoliyat ko’rsatmoqda.

Manzil: “Bo’ston sanatoriyasi” MCHJ 102100
Toshkent viloyati, Qibray tumani, Baytqo’rg’on q.f.y.
Telefon: (8-37071) 5-43-12, 5-50-83 (Chirchiq)