CHIMYON
 
        “CHIMYON” sanatoriyasi Farg’ona shahridan 32 km masofada, Katran-Tau  tog’ tizmasi yon bag’rida, dengiz sathidan 450 metr balandlikda,  Oltinsoy daryosi vodiysida joylashgan balneologik kurort.
Shifobaxsh  omillardan – minerallashganligi turlicha bo’lgan serovodorodli ma’danli  suvlardan vannalar, chayishlar maqsadida va dush usulida, shuningdek  sulfat-gidrokarbonat-natriyli, kuchsizmineral suvdan ichish uchun  foydalaniladi. Baliqli ko’lining shifobaxsh balchig’I esa applikatsiya  va galvano-balchiq usulida beriladi. Davolash uchun ko’rsatmalar: asab  tizimi, yurak-qon tomir, tayanch-harakata’zolari kasalliklari va  ginekologik, urologic kasalliklar.
Yotoq binolari bir va ikki o’rinli shinam xonalardan iborat.
Alohida binoda bolalar ota-onalari bilan birga davolanishlari uchun sharoit yaratilgan.
Sanatoriyada  bugungi kunning talablariga javob beradigan davolash-tashxislash  xonalari, fizioterapiya, davolash jismoniy tarbiyasi, uqalash,  psixoterapiya, lazeroterapiya, parafin-ozokerit, fitoterapiya va parhez  ovqatlanish sog’ligingizni tiklash maqsadlarida qo’llaniladi.
Sizning  xizmatingizda oshxona, madaniyat saroyi, kutubxona, raqs va sport  maydonchalari, aloqa bo’limi, sartaroshxona ishlab turadi. Ekskursiyalar  uyushtiriladi.
Manzil: “Chimyon sanatoriyasi” MCHJ 113808
Farg’ona viloyati, Farg’ona tumani, Chimyon qishlog’i
Telefon: (8-37335) 235-61 (Farg’ona)
 
                         
                         
                        