Shifo.uz Sihatgohlar UMID GULSHANI

UMID GULSHANI

UMID GULSHANI

“UMID GULSHANI” sanatoriyasining qisqa fursatda ona bo’lish tuyg’usini unutgan ayollarga onalik quvonchini baxsh etayotganligi tufayli, nafaqat O’zbekistonimizda, balki qo’shni davlatlarda ham shon shuxrati oshib bormoqda.

Sanatoriya ginekologiya va andrologiya bo’limlaridan iborat. Ularda erkak va ayollar bepushtlik sabablari tashxislanadi hamda bepushtlik, reproduktiv a’zolar kasalliklari muvafqiyatli davolanadilar.

Sanatoriyada elektronur, davolash jismoniy tarbiyasi, uqalash, psixoterapiya, ignarefleksoterapiya, lazeroterapiya, ozokerit-parafin, shifobaxsh balchiq, parhez ovqatlanish davolash maqsadida qo’llaniladi. Turli-tuman fitochoy va vitaminli kokteyllar tayyorlash uchun fitobar mavjud.

Sanatoriya yotoq bo’limi barcha qulayliklarga ega bo’lgan bir va ikki o’rinli xonalardan iborat.

Dam oluvchilar uchun kutubxona, klub, tennis, bilyard va diskoteka mavjud. Dam oluvchilarning talab va istaklarini inobatga olgan holda Toshkent shahrining muzeylari, teatrlari va ko’pincha so’lim joylariga sayohatlar tashkil qilinadi.

Sanatoriya oshxonasida dam oluvchilarning buyurtmasiga asosan shirin, lazzatli taomlar beriladi, “vitaminli stol” tashkil etilgan. Sanatoriya xududida maishiy xizmat ko’rsatish xonalari mavjud.

Manzil: “Umid Gulshani sanatoriyasi” MCHJ 111020
Toshkent viloyati, Qibray tumani, A.Navoiy ko’chasi 1-uy.
Telefon: (8-37095) 61-955 (Qibray)