ZOMIN
“ZOMIN” sanatoriysi – Jizzax viloyatidagi iqlimiy kurort, Turkiston tog’ tizmasining shimoliy etaklarida, dengiz sathidan 2000 metr balandlikda, qo’riqxona xududida joylashgan. Chiroyli tog’ manzarasi, musaffo havo, quyosh nurlarining mo’lligi, ultrabinafsha radiatsiyasining yuqoriligi iqlimiy profilaktik va terapevtik muolajalar o’tkazishga qulay sharoitlar yaratadi. Davolash uchun ko’rsatmalar: nafas olish a’zolari va nerv tizimi kasalliklari (funksional).
Sanatoriyda 3 yoshdan 14 yoshgacha bo’lgan bolalarni ota-onalari bilan birga qabul qilish uchun “Ona-bola” bo’limi tashkil qilingan.
“Zomin” sanatoriysi eng yangi davolash-tashxislash apparatlari bilan jihozlangan.
Asosiy davolash omili tog’ iqlimidir. Bundan tashqari, suv bilan davolash (sun’iy marvaridli, yod-bromli, igna bargli vannalar, dushlar, suv havzasi), fizioterapevtik, davolash badantarbiyasi, torrenkur, uqalash, sauna, hamda bronxial astmali bemorlarni davolash uchun galokameradan foydalaniladi.
Yotoq binosi shinam, bir va ikki o’rinli palatalardan tashkil topgan. Shu binoda klub, kutubxona, bar, bolalar uchun attraksionlari bo’lgan o’yin xonalari, sport maydonchalari mavjud. Ekskursiyalar tashkil qilinadi.
Manzil: “Zomin sanatoriyasi” MCHJ 130800
Jizzax viloyati, Zomin tumani
Telefon: (8-37222) 100-10 (Zomin)