Shifo.uz Online psixologik testlar Hayot kemasida kimsiz: kapitanmi yoki yo'lovchi?

Hayot kemasida kimsiz: kapitanmi yoki yo'lovchi?

1. Hayotingizda yuz berayotgan barcha narsalarga o'zingiz javobgarmisiz?




2. Ba'zi odamlar menga bo'layotgan munosabatlarini o'zgartirganlarida muammolarim kamroq bo'lardi, deb o'ylaysizmi?




3. Yuzaga kelgan muammolarni o'ylaganingizdan ko'ra tezroq hal etishga harakat qilasizmi?




4. Ba'zida o'zngizni "baxtsiz yulduz" ostida tug'ilgandek his qilasizmi?




5. Ichkilikka mukkasidan ketganlar bu kasalliklarida faqat o'zlari aybdormi?




6. Hayotimda ko'pgina ishlarni boshqa odamlarning ta'siri ostida qilganma va buning uchun ular javobgarlar, deb o'ylaysizmi?




7. Shamollab qolsangiz bilganingizcha davolanishni ma'qul ko'rasizmi?




8. Ayol kishining jahldorligi, jizzakiligiga ko'pincha boshqa odamlar sababchi bo'ladimi?




9. Har qanday muammoni hal qilish mumkinmi?




10. Odamlar menga qilgan yaxshiliklariga minnatdorchilik his qilganim uchun, men ham boshqalarga yaxshilik qilishim kerak, deb o'ylaysizmi?




11. Birov bilan janjallashib qolsangiz, aybni avval o'zingizdan izlashga harakat qilib ko'rasizmi?




12. Yo'lingizni qora mushuk kesib o'tsa, boshqa yo'lga o'tib yurasizmi?




13. Inson har qanday sharoitda ham irodali, mustaqil fikr yurita oladigan bo'lishi kerakmi?




14. Siz o'z kamchiliklaringizni bilganingiz holda, bu kamchiliklarga boshqalarning befarq bo'lishlarini hohlaysizmi?




15. Boshqa iloji bo'lmasa sharoitga ko'nikishga harakat qilasizmi?





2726