Biologik ritmingizni bilasizmi? (Psixologik test)
Borliqdagi barcha mavjudot o‘zining biologik ritmi bilan yashaydi. O‘simlik va xayvonlarning xam muayyan ritmi mavjud. Inson esa o‘zining biologik ritmiga qarab emas, jamiyat belgilagan qonun-qoidalar, me’yorlar asosida yashashga moslashishi kerak. Masalan, ba’zi odamlar ertalab ko‘proq uxlashni yoqtirishadi, lekin o‘qishga, ishga borishlariga to‘g‘ri keladi. Bunday odamlarning ish qobiliyatlari asosan kechkqurun faollashadi. Shuning uchun ham ular iloji boricha kechqurun ishlab, ertalab dam olishni yoqtirishadi. Boщqa odamlar toifasi buning aksi ularok ertalab o‘qiydilar, ishlaydilar, kechasi esa dam oladilar. Ba’zi bir insonlar ertalab ham, kechqurun ham bir hil biologik ritmda bo‘ladilar. Ular turli xil sharoitga hech qanday qiyinchiliklarsiz moslasha oladi. Inson o‘zini yuqorida aytib o‘tilgan jamiyat qonun-qoidalariga majburlab moslashtirishi mumkin, biroq organizm bunga nisbatan o‘z qarshiligini albatta namoyon qiladi. Shuning uchun ham odam o‘z organizmining ichki istaklarini bilishi va shuni inobatga olgan xolda kun tartibini rejalashtirishi kerak. Siz o‘zingizni yuqorida aytib o‘tilgan qaysi tipdagi biologik ritm egasi deb xisoblaysiz? Buni quyidagi test savollariga javob berib bilib olishingiz mumkin.