Shifo.uz Online psixologik testlar Mashinangizni rangi fe'l-atvoringizni bildiradi

Mashinangizni rangi fe'l-atvoringizni bildiradi

Kishi ruhiyatini o‘rganishning turli-tuman usullari bor. Masalan fe’l-atvorning qandayligini mashinangizning rangiga qarab bemalol aytnb berish mumkin. Agar mashinangiz bo‘lmasa, sizga qanaqa rangdagi mashinalar yoqishini so‘rashning o‘zi kifoya.

Qora rangdagi mashinalarni yoqtiruvchi kishilar uchun jamiyatdagi nufuz birinchi darajada turadn. Ular sof vijdonli va qat’iyatli kishilardir. Ularning tanish-bilishlari ko‘pchilikni, yaqin do‘stlari esa ozchilikni tashkil qiladi. Kundalik haetda bunday kishilar tashkilotchi, uyda va iщda tozalik, tartibni yaxshi ko‘radilar.

Ko‘k(siniy rus.) rangdagi avtomobilni ma’qul ko‘ruvchilar juda samimiy insonlar bo‘lib hamma bilan tez til topishib ketishadi. Biroq ularning tasavvurlari sayoz, biron yangi fikr, g‘oyani o‘ylab chiqish ularga xos emas. Bunday kishilarni boshqalarning ular xaqidagi fikrlari juda qiziqtiradi. Ular ko‘pincha o‘zlarini boshqalardan ustun qo‘yadilar.

Yashil rangdagi avtomobil egalari tajribali, bir so‘zli va uzoqni ko‘zlab ish yurituvchi kishilardir. Ular uyi va oilasini ishidan ustun qo‘yadilar. Ularda raqobatlashnsh xissi yo‘k, shuning uchun do‘st-yorlari ko‘pchilikni tashkil etadi.


Qizil avtomobil sohiblari hamisha yuqoriga intilib yashaydilar. Ular samimiy, hozirjavob va saxiy kishilardir. Ularning serg‘ayratliligi ko‘pincha raqiblarida hasad uyg‘otadi. Biroq, bu ularning har qanday sharoitdan chiqnb ketishlariga xalal bermaydi.

Kulrang mashinani ma’qul ko‘ruvchilar har tomonlama etuk, xaqiqatguy kishilar hisoblanadi. Ular har doim o‘zlarini kimdandir qarzdor deb his qilib yurishadi. Ular biron firibgarlikka duch kelib qolishsa, haqiqatni yuzaga chiqarmaguncha kurashadi. Bunday kishilar ko‘pincha sog‘lom turmush kechirishadi.

Qirmiz rangli mashinani yoqtiruvchilar juda romantik insonlardir. Ular tez sevib qoluvchi, nafosatli va yoqimtoy kishilar, lekin tajriba borasida biroz no‘noqroq. Shuning uchun kasb tanlash va faoliyat yuritishda biroz qiynaladilar. Ular gohida oilaviy xayotda ham to‘siqlarga duch kelishadi.

Oq rangdagi mashina sohiblari ham jamiyatda yuqori nufuzni egallashga intiladilar. Bunday kishilar rostgo‘y, javobgarlikni his qiluvchi va biroz sovuqqon kishilar. Oq rangli mashina egalari kelajakni ko‘ra oladilar. Omadsizliklar ularni esankiratib qo‘ymaydi. Bunday kishilarning oilasi mustahkam bo‘ladi.

Kumushrang avtomobilni yoqtiruvchilar jamiyatdagi o‘rnini to‘g‘ri baholaydilar, biroq, maqtovu olqishlarni juda xush ko‘rishadi. Shu bilan birga ular o‘z xatti-harakatlarini kat’iylik bilan nazorat qilib turishadi. Ular xech kachon his-hayajonga berilib, o‘zlarini yo‘qotib qo‘yishmaydi.

Sariq rangdagi mashinaga ega bo‘lishni istovchilar biroz barqaror kishilardir. Ular hayoti davomida tug‘ma qobiliyatlarini asta-sekin yo‘qota borishlari mumkin. Ba’zan o‘z kuchi va imkoniyatlariga noto‘g‘ri baho berib, qiyin vaziyatga tushib qolishlari mumkin. Ular odatda, mehribon, samimiy va ochiqko‘ngil kishilar 6o‘lib, og‘ir damlarda ularning yordamiga bemalol ishonish mumkin.

Manba: Testlar.uz


1683