Shifo.uz Online psixologik testlar MUAMMOLARINGIZNI O’ZINGIZ HAL QILA OLASIZMI? MUAMMOLARINGIZNI O’ZINGIZ HAL QILA OLASIZMI? 1. Shaxsiy muammolaringizni, yuz bergan ko’ngilsizliklarni boshqalarga aytasizmi? Yo’q, bu menga yordam bermaydi Ha, faqat yaqin odamimga Har doim emas, odamlarning o’z tashvishlari bor 2. Ko’ngilsizliklardan qattiq siqilasizmi? Har doim Vaziyatga qarab Ko’nikishga harakat qilaman, chunki har qanday ko’ngilsizliklarning qachondir tugashiga ishonaman 3. Nimadandir xafasiz yoki kimdir sizni qattiq ranjitdi. Shunday paytlarda nima bilan shug’ullanishingiz mumkin? Anchadan beri ko’nglimga tugib yurgan orzumni amalga oshirishga harakat qilaman Do’stlarimning yoniga boraman Siqilsam-da uyda o’tiraman 4. yaqin odamingiz sizni hafa qildi. Nima qilgan bo’lardingiz? Alamimni ichimga yutib, hech kim bilan gaplashmayman Undan nima maqsadda hafa qilganini tushuntirib berishini talab qilaman Dardimni eshita oladigan odam bo’lsa aytaman 5. Baxtli onlaringizda: Baxtsizlik haqida umuman o’ylamayman Baxtning abadiy emasligini o’ylayman Hayotimda ko’ngilsizliklar bo’lishi mumkinligi haqida o’ylayman 6. Ruhshunoslarga munosabatingiz qanday? Ularning mijozi bo’lishni istamasdim Ko’p odamlarga ularning ofydasi tegishi mumkin Inson o’ziga o’zi yordam berishi mumkin 7. Taqdir sizning-cha: Har doim meni sinaydi Menga adolatli emas Menga omad doim kulib boqadi Sevgan insoningiz bilan urushib qoldingiz va bir oz o’zingizga kelganingizdan so’ng nima haqida o’ylaysiz? O’tgan yaxshi damlarimiz to’g’risida Meni ranjitgani uchun uni ham ranjitishni Menga nisbatan bunday nohaqlikni birinchi marta qilmayotgani to’g’risid 2356