Shifo.uz Maqolalar Limfa tugunlarining yallig'lanishi - Limfadenit

Limfa tugunlarining yallig'lanishi - Limfadenit

Limfa tugunlarining yallig'lanishi - Limfadenit Limfa tugunlari - immun hujayralarini o'z ichiga olgan kichik oval shakllanishlardir. Ular tananing turli qismlarida uchraydi, shuningdek bo'yin, qo'ltiq osti va chanoq sohalarida to’plamlarni hosil qiladi. Limfa tugunlarining asosiy vazifasi infeksiyaga qarshi kurasha oladigan hujayralarni to'plash va ular orqali oqadigan limfani filtrlashdir. Turli yuqumli kasalliklar jarayonida limfa tugunlari yallig'lanib, limfadenit rivojlanadi.

Limfadenit turlari va bosqichlari

Limfadenitning tasnifi ushbu kasallikning quyidagi turlarini ajratishni o'z ichiga oladi:

- tez rivojlanayotgan infeksiyalar jarayonida sodir bo'lgan o'tkir limfadenit (masalan, angina bilan);
- surunkali infeksiyalar (sil, OIV infeksiyasi), onkologik kasalliklar jarayonida kechadigan surunkali limfadenit.

O'tkir yoki reaktiv limfadenit, o'z navbatida, bir necha bosqichlardan o'tadi:
- kataral (qon aylanishining kuchayishi, limfa tugunining immun hujayralari bilan to'yinganligi);
- giperplastik (limfoid to'qimalarining ko'payishi);
- yiringli (davomli og'ir yallig'lanish jarayonida tugun to'qimalarining nekrozi).
Yiringli limfadenit tugunning yiringli gazak olishi va atrofdagi to'qimalarga yiring tushishi bilan kechishi mumkin. Kasallikning yanada og'ir shakllari - fibrinoz (organni fibrin bilan singdirishi bilan), ihoroz (chirish), gemorragik (qonga singib ketish), nekrotik (limfa tugunlari to'qimalarining nekrozi).

Nonspesifik jarayon stafilokokklar, streptokokklar va boshqa keng tarqalgan mikroorganizmlar tomonidan kelib chiqadi. Spesifik limfadenitda limfa tugunining sil kasalligi haqida gap boradi.
Limfadenitni davolash birinchi alomatlar paydo bo'lishi bilanoq boshlanishi kerak.

Limfadenit sabablari


Limfadenitning quyidagi turli sabablari mavjud:

Infeksiyalar
Chet moddalar yoki antigen ta'siriga javoban immunitet tizimi faollashadi, bu esa limfa tugunlarining kattalashishi va og'rig'iga olib kelishi mumkin. Shunday qilib, qo’ltiq limfadeniti infeksiyalangan shikastlanish yoki tananing yuqori qismi to'qimalarining saramas yallig’lanishi jarayonida yuzaga keladi. Ba'zi infeksiyalar (OIV, mononukleoz, zamburug’li va parazitar infeksiyalari) limfa tugunlarining umumiy kengayishiga olib kelishi mumkin. Xususan, uzoq muddatli chov limfadeniti OIV infektsiyasining dastlabki bosqichlariga xosdir.

Tizimli yallig'lanish kasalliklari
Tizimli teri sili, revmatoidli artrit va boshqa autoimmun jarayonlarda limfa tugunlari yallig'langan immunitet hujayralari bilan to'yinadi, bu ko'pincha ayollarda uchraydi.

Onkologik kasalliklar
Zararli hujayralar kasallangan organdan limfa tomirlari orqali kirib borishi tez o'sib boruvchi zich shakllanishlarning paydo bo'lishiga olib keladi. Saraton jarayonlaridan tashqari, kasallikning sababi qon kasalliklari (leykemiya, limfoma) bo'lishi mumkin.

Limfadenitning belgilari va tashxisi
Limfadenit kabi patologiyada alomatlar asosiy kasallik bilan belgilanadi va limfa tugunlariga zarar yetkazilganligi belgilari paydo bo'ladi.

Limfadenit alomatlari:

- bo'yin, qo'ltiq osti va chov qismda kengaygan, og'riqli limfa tugunlari;
- isitma, burun bitishi, tomoq og'rig'i;
- oyoq-qo'llarining shishishi;
- tunda terlash;
- limfa tugunlari zichligining oshishi.
Jag’ osti limfadeniti o'tkir nafas yo'llari infeksiyalari, tish kasalliklari, otit, sinusit, tonzillit bilan birga keladi. Xuddi shu sabablar bo’yin limfadenitini keltirib chiqaradi.

Limfadenit alomatlari Foto: botkin.pro


Yuzning yumshoq to’qimalari va yuqori jag’ tishlar shikastlansa, yoki, gaymorit kasalligida bo’yin limfadeniti paydo bo'lishi mumkin.

Kasallikning tashxisi tashqi belgilar bilan amalga oshiriladi. Infeksiya va uning qo'zg'atuvchisini topish uchun qon tahlili ham o'tkaziladi. Agar tanadagi limfa tugunlari ta'sirlansa, masalan mezenterial limfadenitdagi kabi, tashxis qo'yish uchun rentgen nurlari yoki kompyuter tomografiyasi kerak bo'lishi mumkin.

Kasallikning sababi turli xil patologik holatlar bo'lishi mumkinligi sababli, ularning tashxisi ba'zan ta'sirlangan limfa tugunining biopsiyasini talab qiladi, u ingichka igna bilan olinadi. Bu limfadenitning kelib chiqishini aniqlashning eng ishonchli usuli, masalan, bo'yin yoki jag’ limfadenitida.

Limfadenitni davolash

Terapiya asosiy kasallikka bog'liq. Odatda, o'tkir nafas olish yo'llari infeksiyasidan tuzakgan bolalarda va kattalarda limfadenitni maxsus davolash talab qilinmaydi.

Boshqa hollarda, quyidagi usullar buyurilishi mumkin:

- og'riq qoldiruvchi vositalar va yallig'lanishga qarshi dorilar qabul qilish;
- antibiotikli davolash;
- limfa tugunlari yiringli gazagini ochish.

manba: mpya.ru42 ta ovoz
Ovoz berish:
1 2 3 4 5