Shifo.uz
Maqolalar
Makiyaj qilish usullari va sirlari
- Maqolalar
Makiyaj qilish usullari va sirlari

Chiroyli makiyaj qilish usullari va sirlari:
- Tayyorlanmagan qovoq terisiga tenlar yoki qalamni qo'llamasligi kerak. Ko'zga makiyaj uchun kosmetik mahsulotlarning chidamliligini uzaytiradigan maxsus praymerdan foydalaning. Ular ranglarni yanada yorqinroq qiladi.Agar qo’lingizda praymeringiz bo’lmasa, u holda konsilerni ishlating: uni asta sekin butun qovoq bo’ylab surting va ustidan upa bilan ishlov bering. Shundan so'ng, tenlar, podvodka yoki qalamlarni qo'llashingiz mumkin.
- Klassik makiyaj “Ko'zning ichki qovog’i och rangda, qovoq bukilgan qismi to’qroq rangda va kipriklar atrofini ifodalash” - barcha holatlar uchun to’g’ri keladi. Pradoz vaqtiga qarab, ochroq ranglardan yoki to’qroq ranglardan foydalansa bo’ladi.

- Klassik podvodkali ko’z ustidagi chiziqlarni faqat pardoz uchun yetarli vaqtingiz bo'lganida chizing. Bu usul ko’proq vaqt va ehtiyotkorlikni talab qiladi.
- Soxta kirpiklar - kunduzgi pardozni bayramona tunggi dardozga aylantirishning eng oson yo'li.
- Kipriklararo chiziq chizish - ifodali ko'z bo'yashning eng tezkor usuli hisoblanadi. Qora qalamni yarim sintetik cho'tka kipriklar orasida rastushovka qilib yumshatamiz va so’ngra, tushni ishlatamiz.

- Kipriklarni tush bilan qoplash - suhbat uchun alohida mavzu. Tushni qo’llashning eng yaxshi usuli: kiprikning ildizidan uchiga qarab asta sekinlik bilan, tebranma harakatlar bilan tush cho’tkasi yordamida tushni surting - shunday usul bilan, kirpiklar chiroyli egilgan holda ifodali maksimal hajmni chiqaradi. Agar kerak bo'lsa, ikkinchi qatlamni surting, ammo uchinchi marotaba tushni qo’llash kerak emas.
- Qay darajada charchagan bo'lishingizdan qat'iy nazar, kechqurun pardozni ehtiyotkorlik bilan olib tashlang. Pardozni tozalamasdan uxlashingiz charchagan teriga, ko’zlarning shishishiga va hattoki husnbuzarlarga olib kelishi mumkin.
- Chiroyli ko'z bo'yashning yana bir siri to'g'ri keladigan tenlarda. Agar teringiz rangi iliq bo'lsa, iliq ranglar - oltin, bronza, asalrang, qora va jigarrang, och jigarrang, karamel va shaftoli ranglardan foydalaning. Agar teringiz sovuq rang bo'lsa - kulrang, ko'k, binafsha, kulrang va boshqa salqin ranglardan foydalaning.
- Makiyaj ranglarini tanlashda, shuningdek, ko'zlarning rangiga ham ahamiyat berish kerak. Jigarrang ko'z egalari omadli bo’lib, bunday rangli ko’z egalari har xil ranglar bilan cheksiz tajriba qilishlari mumkin. Yashil ko'zlar uchun eng to’g’ri keladigan ranglar: klassik jigarrang, siyohrang va binafsha rang. Kulragn ko’zlarga - deyarli barcha sovuq ranglar to’g’ri keladi. Ko'k ko'zlarni ochadigan ranglar - bronza ranginig deyarli barcha turlari.
- Och rangli ko’zlarni smoki-ays usulida bo’yashda ehtiyot bo’lish kerak. Lekin to’g’ri bajarilgan smoki-ays och rangli ko’zlarni yanada yorqinroq ko’rsatadi.
- Qalam yoki ten orqali qilingan va rastushovka orqali chegaralari yumshatilgan strelka kunlik pardoz uchun eng yaxshi usul. Grafik strelka - chiziqlar yarashmaydigan odamlar ham rastushovka qilingan strelkalardan foydalanishlari mumkin.
- Tajribangiz bo'lmasa oddiyroq pardoz qilishga harakat qiling. Monomakiyaj (bir rangda qilingan makiyaj) besh va olti xil ranglar bilan bajarilgan pardozdan ko’ra aktualroq ko’rinadi.
- Konsiler haqida unutmang: ko'z atrofidagi maydonni tekislash ko'zni bo'yash kabi muhim usul.
- Agar klassik qora tushdan charchagan bo’lsangiz, boshqa ranglardan foydalanishingiz mumkin. Jigarrang tush - kunlik pardoz uchun oddiy va mukammal usul. U "yumshoq" ko'rinadi va deyarli barcha rangdagi ko’zlarga to’g’ri keladi.
- Yuzingizni cho'tkalar bilan kontur qilsangiz, to’g’ri chegaralarni tanlang: bu usul bilan chiroyli effektga erishishingiz mumkin.
- Chiroyli ko'z pardozining eng muhim siri - to'g'ri cho'tkalar. To'g'ri cho'tkalar pardozni minimal vaqtda bajarish uchun qulay va sifatli bo'lishi juda muhimdir. Ranglar bilan pardozda to’g’ri ishlov berish uchun kamida bir nechta cho’tkalar bo’lishi kerak. Yupqa chiziqlar uchun bir nechta ingichka cho'tkalar, upa va tonal krem uchun - keng cho’tkalar, tenlar va konturing uchun qiya va ortacha kattalikdagi yumshoq cho’tkalar ayollar kosmetikalari orasida bo’lishi kerak.
manba: wobs.ua

Ovoz berish: