Shifo.uz
Maqolalar
Qanday qilib ko'zlarni pardoz yordamida kattalashtirish mumkin?
- Maqolalar
Qanday qilib ko'zlarni pardoz yordamida kattalashtirish mumkin?

Quyidagi maqolada keltirilgan oddiy bo'yanish qoidalari sizga ko'zingizni vizual ravishda kattalashtirishga va tashqi ko'rinishingizni yanada ochiq va ifodali qilishga yordam beradi.
Ko'z pardozi - boshlash
- Pardozni ko'zingiz atrofidagi terini parvarish qilishdan boshlang. Chunki, shishish, ko’z atrofidagi qorong'u doiralar va mayda tirishlar nafaqat yuzni, balki ko'zlarni og'irlashtiradi. Shuning uchun, pardozni boshlashdan oldin, ko'z atrofidagi terini maxsus krem bilan namlang.Ko'zlarni kattalashtirish, 1 - qadam
- Ko’z atrofidagi qorong'u doiralar nafaqat ko'rinishni og'riqli qiladi, balki ko'zlarni kichik va charchagan qilib ko’rsatadi. Shuning uchun konsilerdan to’g’ri foydalaning: uni nafaqat ko'z ostiga, balki butun ko'z qovog'iga, qosh osti chizig'igacha qo'llang. Bu ko'z atrofidagi terini yorqin ko’rsatadi va tashqi ko'rinishini yanada ifodalaydi.Ko'zlarni kattalashtirish - qoshlar ahamiyati
- Pardozda yana bir muhim narsa - bu haylayter (yoritgich). Uning yordami bilan nafaqat ko'z ostidagi qorong'u doiralarni, balki qoshlar konturiga ham ishlov bering. Bu qoshlarni vizual ravishda "ko'taradi" va ko'zlarni "ochadi".
Ko'zlarni kattalashtirish uchun tenlarni qo'llash
- Och rangdagi tenlarga ustunlik bering. Shaftoli, pushti, kulrang va teri rangidagi tenlar ko'zlarning tabiiy konturini vizual ravishda kengaytirishga yordam beradi. Ko'z rangiga e'tibor bergan holda, rang tanlang: ko'k ko'zlar uchun shaftoli tenlar, jigarrang ko’zlar uchun karamelrangidagi tenlar, yashil ko'zlar uchun esa kulrang tenlar ko’proq to’g’ri keladi.

- Och rangli (ammo oq emas) ko’z qalam oling. Ko'zlarni vizual ravishda kattalashtirishning tasdiqlangan usuli - kirpik shilliq qavatini och teri rangidagi qalam bilan ishlov berish. Ushbu texnikaning yana bir ijobiy tomoni shundaki, och rangdagi qalamlar ko'rinishni yangilaydi va qizarishlarni yashirishga yordam beradi.
Qora rangli qalamni (podvodka) yo’q jigarrang rangga o'zgartiring. Qora rang ko’z chegaralarini juda aniq ifoda etib, qo’polroq ko’rinishi mumkin.
Ko'zlarni kattalashtirish uchun tush
- Katta ko'zlarni pardoz orqali yaratishda asosiy yordamchi - sifatli tush! Tushni cho'tkasini yuqoriga emas, balki 45 daraja burchak ostida harakatlantiring. Tushni surishdan oldin, kirpiklaringizni maxsus pinset yordamida biroz burishingiz mumkin, bu sizning ko’zlaringizni yanada ochiq ko’rsatadi.
Pardoz yordamida ko'zlarni kattalashtirish usullari:
- Lablaringizga e'tiboringizni qarating. Siz hayron bo’lishingiz mumkin, lekin ko'zingizni kattaroq qilishning bir usuli bu - diqqatni lablarga o'tkazishdir. Qalamlar, tenlar va tush haqida unuting. Buning o'rniga yorqin lab bo'yog'i yoki yorqin lab balzamlaridan foydalaning.
- Aynan qaysi usul sizga to’g’ri kelishini aniqlash uchun uyda bir nechta aytib o’tilgan qoidalarni sinab ko’ring. Tajribalar orqali o’zingizga mos keladigan yangi usulni topishingiz ham mumkin! Agar boshqa usullarni topsangiz, biz bilan bo’lishing, hursand bo’lamiz!
manba: cosmo.ru

Ovoz berish: