Shifo.uz Maqolalar Quloq pardasining teshilishi - quloq pardasi o'zi tiklanadimi?

Quloq pardasining teshilishi - quloq pardasi o'zi tiklanadimi?

Quloq pardasining teshilishi - quloq pardasi o'zi tiklanadimi?

Quloq pardasining teshilishida qon ketishi, eshitish qobiliyati pasayishi, tinnitus va bosh aylanishi, quloqda kuchli og'riq paydo bo'lishi mumkin. Tashxis otoskopik tekshiruv orqali amalga oshiriladi. Davolash ko'pincha keraksizdir. Infeksiyani davolash uchun antibiotiklar kerak bo'lishi mumkin. Agar teshilish 2 oydan ortiq vaqt davomida doimiy bo'lsa, eshitish suyaklari zanjiri yoki ichki quloqning shikastlanishi operatsiyani talab qiladi.

Quloq pardasining teshilishi sabablari

Quloq pardasining shikastlanishi sabablariga quyidagilar kiradi:

  • Eshitish kanaliga maqsadli ravishda (masalan, paxta tayoqchalari) yoki tasodifan narsalarni kiritish;

Quloq pardasi teshilishi Foto: kakzachem.ru

  • Portlash yoki quloqqa shapaloq tushirish natijasida paydo bo'lgan chayqalish;

  • Bosh jarohati (bosh suyagi singan yoki sinmagan holda)

  • Keskin salbiy bosim (masalan, quloqqa kuchli aspiratsion ta'sir)

  • Bosim orqali shikastlanish (havo parvozida, sho'ng'ish jarayonida)

  • Quloqni tozalash paytida yoki begona jismni yoki oltingugurt tiqinini olib tashlash paytida asboblar tufayli yatrogenik teshilish.

Quloq pardasining ichki jarohatlari eshitish suyaklarining shikastlanishi, ularning siljishi, qon ketishi, dumaloq yoki oval oynalardan perilimfatik fistula hosil bo'lishi, bu perilimfaning o'rta quloq bo'shlig'iga tushishiga va yuzning asab tomirlari shikastlanishiga olib kelishi mumkin.

Quloq pardasining teshilishi  klinik ko'rinishlari

Quloq pardasi travması o'tkir va to'satdan og'riq paydo bo'lishi bilan birga tashqi eshitish naychasidan qon ketish, eshitish qobiliyatini yo'qotish va tinnitus bilan birga keladi. Eshitish qobiliyatini yo'qotish ko’proq eshitish suyaklarining shikastlanishi yoki ichki quloqning shikastlanishi sababli sodir bo’ladi. Bosh aylanishi ichki quloqning shikastlanishini ko'rsatadi. Infeksiya quloqqa kirishi 24-48 soat ichida sodir bo'lishi mumkin, ayniqsa suv shikastlangan quloqqa tushib qolsa, ko'p miqdordagi yiring bilan birga bo'ladi.

Quloq pardasi teshilishi Foto: idoctor.kz


Quloq pardasining teshilishini tashxislash

  • Otoskopiya

  • Audiotmetriya

Odatda, teshilish otoskopik tekshiruvda ko'rinadi. Agar ko'rishga xalaqit beradigan qon mavjud bo'lsa, uni quloq kanalidan ehtiyotkorlik bilan so'rib olish kerak. Yuvishdan va pnevmatik otoskopiyadan foydalanmaslik kerak. Juda kichik teshiklarda aniq tashxisi uchun otomikroskopiya yoki o'rta quloqning qarshiligini tekshirish talab qilinishi mumkin. Travma tufayli eshitish qobiliyatini yo'qotish va davolash fonidagi eshitish qobiliyatini yo'qotish o'rtasidagi farqni aniqlash uchun davolashdan oldin va keyin audiologik tekshiruv o'tkazish maqsadga muvofiqdir.

Eshitish qobiliyatini to’liq yo'qotgan yoki og'ir bosh aylanishi bo'lgan bemorlar imkon qadar tezroq otorinolaringologga murojaat qilishlari kerak. Tashxis qo'yish, zararni baholash va tuzatish uchun diagnostika operatsiyasi talab qilinishi mumkin. Quloq pardasining katta hajmdagi teshilishi bo'lgan bemorlarni pardaning siljigan qismlarini tuzatish zarurligini baholash uchun ham tekshirish kerak.

Quloq pardasining teshilishi - Davolash

  • Quloqlaringizni suvdan saqlang

  • Quloq pardasining yallig'lanishi uchun buyurilgan og'iz orqali qabul qilinadigan yoki mahalliy antibiotiklarni qabuli;

  • Ba'zi hollarda jarrohlik talab qilinadi.

Odatda, maxsus davolanish talab qilinmaydi. Suvni quloqqa kirishiga yo'l qo'ymaslik kerak, antibiotikli quloq tomchilarini olishning esa doim ham hojati yo'q. Ammo infeksiya teshiklarga kirib ketgan bo'lsa, keng spektrli og'iz orqali qabul qilinadigan antibiotiklar yoki antibiotikli quloq tomchilari bilan profilaktika o’tkazish zarur.

Infeksiya qo'shilganda amoksitsillin 500 mg dan har 8 soatda 7 kun davomida og'iz orqali buyuriladi.

Odatda, teshiklar o'sib, o'z-o'zidan yopiladi! Ammo, agar teshilish 2 oydan uzoq davom etsa, operatsiya qilish tavsiya etiladi. Doimiy eshitish qobiliyati pasayishi jarrohlik tekshiruvi va tuzatishni talab qiladigan ossikulyar zanjirning shikastlanishidan kelib chiqishi mumkin.


Asosiy natijalar:

  • Ko'p holatlarda quloqdagi teshilishlar o'z-o'zidan davolanadigan darajada kichik holatda bo’ladi;

  • Sog'ayish jarayonida quloq qismi quruq qolishi kerak; infeksiya yoki jiddiy yuqumli kasallik bo'lmasa, mahalliy yoki tizimli antibiotiklar talab qilinmaydi.

  • Jarrohlik 2 oy davomida tuzalmaydigan jarohatlar va teshiklarni tiklash uchun amalga oshiriladi.

Maqoladagi maʼlumotlar tanishish maqsadida berilgan. Ushbu maqolada berilgan dori preparatlarini qoʻllashga qarshi koʻrsatmalar mavjud. Qoʻllashdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashishingiz zarur.

manba: msdmanuals.com
58 ta ovoz
Ovoz berish:
1 2 3 4 5