Shifo.uz Maqolalar Bachadon bo'yni eroziyasini davolash

Bachadon bo'yni eroziyasini davolash

Bachadon bo'yni eroziyasini davolash

Bachadon bo’yni eroziyasi deb ginekolog ko'pincha tug’magan ayollarning taxminan 20 foizida uchraydigan psevdo-eroziyani (ektopiya) nomlaydilar. Haqiqiy eroziya juda kam uchraydi va qisqa vaqtdan so'ng ektopiyaga aylanadi.

Birinchi ginekologik tekshiruvda bachadon bo'yni eroziyasi borligi yoki yo'qligi aniqlanadi. Agar topilsa, qo'shimcha mazok olinadi va kolposkopiya qilinadi, natijalar asosida davolanish belgilanadi. Bachadon bo’yni eroziyasi nima, uning paydo bo'lish sabablari va davolash usullarini quyidagi maqolada ko'rib chiqamiz.

Bachadon bo'yni eroziyasi - bu bachadon bo’yninig qin qismidgi shilliq qavatining yuzaki yarasi bo'lib, bachadon bo'yni epiteliysining o'zgarishiga olib keladi va patologik jarayon deb hisoblanadi. Bu juda keng tarqalgan ginekologik kasallik, bachadon bo’yni eroziyasi faqat ginekologning ko'rsatmalariga binoan zarurat bo'lgan hollarda davolanadi.

Bachadon bo'yni eroziyasi Foto: euromed-invitro.ru

Bachadon bo'yni eroziyasi kelib chiqish sabablari

Bachadon bo'yni eroziyasi ko'plab sabablarga ko'ra paydo bo'lishi mumkin. Ulardan asosiylari: ayollarning jinsiy tizimining yallig'lanish jarayonlari, kimyoviy yoki jismoniy shikast yetkazish (qiyin tug'ish, abort) bachadon bo'yni shilliq qavatiga ta'sir va gormonal muvozanat buzilishi.

Jinsiy yo'l bilan yuqadigan infeksiyalar (xlamidiya, trixomoniaz, endometrioz va boshqalar) ham bachadon bo'yni eroziyasini keltirib chiqarishi mumkin.

Ginekologiyada tug'ma eroziya tushunchasi mavjud bo'lib, u epiteliyning bez qatlamini bachadon bo’yni tashqi tomonidan ichki qismiga siljish jarayonining sekinlashishi bilan bog'liq (yangi tug'ilgan chaqaloqlarda bez qatlam dastlab tashqarida joylashgan, chaqaloq o'sishi bilan u ichkariga siljishi kerak).


Bachadon bo'yni eroziyasi alomatlari

Asosan, bachadon bo'yni eroziyasi alomatsiz kechadi. Shuning uchun, bunday tashxis ko'pchilik ayollar uchun kutilmagan hol bo’ladi.

Lekin, ektopiya o'zini shilliq yoki yiringli oqindi, qichishish, qorinning pastki qismida og'riq kabi alomatlar bilan namoyon qilishi mumkin. Agar sizda biron bir alomat bo'lsa, darhol ginekolog bilan maslahatlashuv zarur. Hech qanday alomat bezovta qilmasa ham, ayollar har yili ginekolog tekshiruvidan o'tishlari kerak.

Esingizda bo'lsin - kasallikni davolashdan ko'ra uni oldini olish ancha oson, ayniqsa, eroziya mavjud bo'lganda o'smalar paydo bo'lishi xavfi yuqori bo’ladi.


Bachadon bo'yni eroziyasi - tashxislash

Yuqorida aytib o'tganimizdek, bachadon bo'yni eroziyasining mavjudligi ginekologik tekshiruv vaqtida aniqlanadi - malakali ginekologga ektopiyaning vizual belgilari hatto ko'z bilan ham ko'rinadi.

Batafsil tekshiruv uchun mazok olinadi va kolposkopiya qilinadi. 

Kolposkopiya - bu bachadon bo'yni kolposkop bilan tekshirish usuli, tasvirni 20-30 marta kattalashtiradigan optik vosita. Jarayon mutlaqo og'riqsiz va eng aniq tashxis qo'yish imkonini beradi.

Agar kerak bo'lsa, ginekolog tomonidan bachadon bo'yni biopsiyasi buyurilishi mumkin. Olingan natijalar asosida keyingi davolanish belgilanadi.


Bachadon bo'yni eroziyasini davolash

Ginekolog har bir bemor uchun mutlaqo individual davolanishni buyuradi. Ba’zida, davolash eroziya sababini dorilar yordamida yo'q qilishdan iborat bo'lishi mumkin. Bunday holda, yallig'lanishga qarshi va gormonal dorilar buyuriladi.

Agar kerak bo'lsa, antibakterial va antivirus preparatlar, shuningdek organizmning immunitetini va turli xil virusli kasalliklarga chidamliligini oshirish uchun immunomodulyator dorilarni qo'llash mumkin, chunki bachadon bo'yni eroziyasi mavjud bo'lganda genital infeksiyalarni yuqtirish ehtimoli sezilarli darajada oshadi.

Bachadon bo’yni eroziyasining klinik holatlari jarrohlik aralashuvni talab qiladi. Zamonaviy ginekologiya eroziyani davolashning bir necha usullarini taklif etadi:


  • Lazer koagulyatsiyasi eng yangi texnologiyalardan biri bo'lib, uning afzalligi - eroziyaga yuqori aniqlikda ishlov berish imkoniyati, va ta'sirlanish chuqurligini o'zgartirish qobiliyatidadir. Bu, ham yuzaki, ham chuqur shilliq qavat to’qimalarini davolashga imkon beradi.

  • Radio to'lqinli jarrohlik - bu bachadon bo'yni eroziyasining samarali davosi bo'lib, bunday muolaja davolanish vaqtini sezilarli darajada qisqartiradi. Ushbu usulning afzalligi "elektr kuyishi"ni bo’lmasligidadir, chunki ta'sir printsipi shilliq qavatiga termik ishlov berishga emas, balki zararlangan hujayralardan suv molekulalarini "bug'lantirishiga" asoslangan.

  • Kriodekstruktsiya - shikastlangan yuzani suyuq azot bilan davolash, bu patologik qismning nekrozini keltirib chiqaradi.

  • Kimyoviy ta'sir qilish - eroziyaga uchragan bachadon bo'yni maydoni solkovagin bilan davolanadi. Ushbu preparat kuydiruvchi ta'siriga ega. Ushbu muolaja Amalga oshirilgandan so'ng, ishlov berilgan yuzada qobiq paydo bo'lib, u 3-4 kun ichida yo'qoladi. Bir nechta muolajalar amalga oshirilishi mumkin.

Jarrohlik aralashuvi faqat favqulodda holatlarda, shilliq qavatining shikastlanish maydoni juda keng bo'lganda va test natijalari onkologik jarayonning rivojlanish ehtimoli yuqori bo'lgan hollarda tavsiya etiladi.

Bachadon bo'yni eroziyasi bilan og'rigan bemorlar bachadon bo'yni saratoni rivojlanishini istisno qilish uchun har yili ginekologik tekshiruvdan o'tishlari kerak (yiliga kamida 1-2 marta).

Kritik bo'lmagan holatlarda ginekologlar tug’magan bemorlarga eroziyani davolashni tavsiya etmaydilar. Chunki har qanday holatda ayolning reproduktiv tizimiga jarrohlik aralashuvi o'z izini qoldiradi, homiladorlik va tug'ruqning sog'lom o'tishi uchun esa elastiklik va bachadon bo'yni shilliq qavatining tabiiy muhiti zarur.

Bundan tashqari, homiladorlik paytida gormonal darajadagi o'zgarishlar tufayli eroziya yo'qolishi mumkin. Biroq, bunday hollarda ginekologning kuzatuvi juda zarur.

Shunisi e'tiborga loyiqki, har yili o'tkaziladigan tekshiruvlar va ayollarning sog'lig'iga nisbatan zamonaviy ehtiyotkorona munosabati tufayli so'nggi yigirma yil ichida reproduktiv yoshdagi ayollarda bachadon bo'yni saratoni ko'rsatkichlarini sezilarli darajada kamaytirish mumkin bo'ldi.


manba: trbzdrav.ru43 ta ovoz
Ovoz berish:
1 2 3 4 5