Shifo.uz Maqolalar Gipoplaziya yoxud bachadon kichikligi - sabablari, tashxislash va davolash

Gipoplaziya yoxud bachadon kichikligi - sabablari, tashxislash va davolash

Gipoplaziya yoxud bachadon kichikligi - sabablari, tashxislash va davolash

Bachadon, boshqa jinsiy organlar singari, Myuler kanallaridan hosil bo'ladi. Ularning qisman birlashishi natijasida qizlarda qin, bachadon, juftlashgan bachadon naychalari va tuxumdonlar paydo bo’ladi.

Yangi tug'ilgan chaqaloqdagi bachadon uzunligi taxminan 3 sm ni tashkil qiladi, u asta-sekin o'sib, 12 yoshga kelib 5 sm ga yetadi, albatta, bu taxminiy qiymat, chunki ko'pincha ularning o'lchamlari organizmning jismoniy va boshqa xususiyatlarga qarab o'zgaradi (millati, irsiy omillari). Eng kuchli o'sish balog'at yoshida kuzatiladi va 16-17 yoshga kelib qizlarning bachadoni kattalashadi:

  • bo'yiga 7-8 sm;

  • ko'ndalang 4-5 sm;

  • old va orqa qismga nisbatan 2-3 sm.

Bu vaqtga kelib, ayol muntazam ravishda hayz ko'radi va bunday o'lchovlar bilan, homilador bo'lib, bola tug'ishi mumkin. Bachadon kichikligi bilan esa, ayollar homilador bo'lishi qiyin yoki bola tushishi mumkin, bu gipoplaziya darajasiga bog'liq. Bundan tashqari, 3-darajali gipoplaziya tashxisi qo'yilgan ozg’in va astenik ayollar ko'pincha muammosiz homilador bo'lib, bolani tug'adilar.

Shuning uchun, kichik bachadon va homiladorlik ehtimoli haqida gaplashganda, gipoplaziya darajasini hisobga olish kerak, darajalar quyidagicha:

  • 1 daraja - bachadonning uzunligi yoki aplaziyasi 3 sm dan oshmaydi;

  • 2-daraja - bachadonning kattaligi 3-5,5 sm yoki bola bachadoni deb ataladi;

  • 3 daraja - kattaligi 5,5-7 sm bo’ladi.


Gipoplaziya - kichkina bachadon turlari

Ginekologiyada “kichkina bachadon” degan tashxis yo'q, faqat bachadon rivojlanishining patologiyalari mavjud va ular quyidagi turlarga bo'linadi:


  • gipoplaziya:

  • Bachadon kichikroq, ammo 5,5 sm dan kam emas, ba'zida boshqa reproduktiv organlarning rivojlanmaganligi yoki gormonal kasalliklar kuzatiladi;

  • infantilizm:

  • Organning kattaligi 3-5,5 sm bo’lib yosh bolaning yoshiga to'g'ri keladi, shuning uchun uni "bolalar bachadoni" deb atash mumkin;

  • aplaziya:

  • Hajmi 3 sm dan kam, bu yangi tug'ilgan chaqaloqning bachadoniga to'g'ri keladi.

Gipoplaziya Foto: medicinami.ru

Gipoplaziya - kichkina bachadon sabablari

O'sish va normal rivojlanishning buzilishi homila organogenezning turli bosqichlarida yoki qizning o'sishi jarayonida sodir bo'lishi mumkin. Odatda kichik bachadonning sabablari quyidagicha:


  • Agar bu ayolning konstitutsiyasi bilan bog'liq bo'lsa, irsiy omil muhim rol o'ynaydi, suyaklari ingichka, ozg’in, bo'yi past ayollar homilador bo'lib, bola tug’a oladi, garchi ularning organi kattaligi ko'pincha 3 darajali gipoplaziya chegarasida bo’lsa ham;

  • Homiladorlik paytida ayolda gripp va stress bo’lsa, agar shifokor ko'rsatmalariga rioya qilinmasa, yomon ovqatlansa, cheksa, spirtli ichimliklar iste'mol qilinsa, bu homilaga ta'sir qilishi mumkin.

  • Tug'ilgandan so'ng ham, qiz bolalar organ o'sishini buzilishiga olib keladigan turli xil omillarga duch kelishlari mumkin. Bunda, ovqatlanishning yetishmasligi, vitaminlar, og'ir yuqumli kasalliklar, boshqa kasalliklar, ayniqsa endokrin kasalliklar gipoplaziyaning sababi bo'lishi mumkin.

  • Gipofiz yoki  gipotalamusdagi o’sma.

Hozirgi vaqtda bachadoni kichik bo'lgan ayollar soni ko'payib bormoqda, bu atrof-muhitning ifloslanishi, nurlanish fonining ko'payishi va o'spirinlarning turli xil parhezlarga (anoreksiya) qiziqishi bilan bog'liq.


Qayd uchun eslatma:

Ayollarda emizish jarayonida bachadon tezroq qisqaradi va ko'pincha tug'ruqdan oldin kichrayadi.


Gipoplaziya - kichkina bachadon alomatlari

Ko'pincha kichik bachadonning alomatlari o'spirin yoshdayoq kuzatilishi mumkin, ammo 3-darajali gipoplaziya, ko'pincha alomatsiz bo'lib, ginekologik tekshiruv paytida aniqlanadi.

O'smirlik davrida kichik bachadonning mavjudligini quyidagilar bildiradi:

  • kech hayz ko'rish, 15-16 yoshdan keyin;

  • tartibsiz hayz sikli, hayz paytida og'riq, oz miqdorda qon kelishi;

  • yomon ifodalangan ikkilamchi jinsiy xususiyatlar, kichik ko'kraklar, qov va qo'ltiq ostidagi sohalarda sochlarning zaif o'sishi, shakllanmagan jinsiy lablar;

  • jinsiy xohishning pasayishi;

  • sekinlashgan jismoniy rivojlanish.


Gipoplaziya - kichkina bachadondan keyin tiklanishni tezlashtirish

Involyutsiyani kuchaytirish mumkin, buning uchun bir necha usullar mavjud:


  • kindikdan pastga yo'nalishda yumshoq massaj qilish;

  • tabiiy oziqlantirish;

  • dam olish va uxlash - qorinda yotgan holda;

  • qorin qismiga biroz sovuq grelkani qo'llash (juda sovuq bo’lishi kerak emas);

  • maksimal jismoniy faollik;

  • yengil gimnastika mashqlarini bajarish (shifokor ruxsati bilan);

  • dorilar (shifokor ruxsati bilan.

Gipoplaziya - kichkina bachadonni tashxislash

Gipoplaziya belgilarini tekshiruvda topishingiz mumkin: tor tos suyagi, yetarli darajada aniqlanmagan ikkilamchi jinsiy belgilar. Ginekolog tekshiruvida kalta, tor qin va tor bachadon bo’ynini korish mumkin, bimanual tekshiruvda esa bachadonning yassilanganligi, kichraytirilganligi aniqlanadi.

Tashxis qo'yish uchun quyidagilar muolajalar o’tkaziladi:


  • ultra-tovushli tadqiqot;

  • qon va gormonlar tahlili;

  • rentgenografiya;

  • gisterografiya;

  • KT yoki magnit-rezonans tomografiya (MRT).


Bachadonni kattalashtirish usullari

Kichkina bachadonni gipoplaziyasini kattalashtirishning bir nechta usullari mavjud:


  • Gormonlarni davolash. Bu davolashning asosiy usuli. 1- darajali patologiyada, hayz davrini tartibga solish uchun o'rnini bosuvchi terapiya. Patologiyaning 2 va 3 darajasida u bachadon o'sishini rag'batlantirish uchun ishlatiladi, bu esa uning hajmini oshirishga imkon beradi. Estrogen va progestin preparatlari siklik rejimda buyuriladi. Hayz ko'rish uchun tanaffus mavjud. Davolash kursi 3-4 oy, 3 oylik tanaffus bilan.

  • Vitaminli terapiya. Bachadonni kattalashtirish uchun B, E, A, C guruh vitaminlari ishlatiladi.

  • Ginekologik massaj. Qon ta'minotini yaxshilash orqali bachadonni kattalashtirishga imkon beradi. Bu mustaqil davolash usuli sifatida va fizioterapiya bilan birgalikda ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

  • Fizioterapiya: elektrorefleksoterapiya, tiamin bilan endonazal elektroforez, Sherbak yoqasi, kerosin terapiyasi, ozotokeriya, UVCH, lazer terapiyasi, magnitoterapiya, induktermiya. Ushbu usullar orqali bachadonni kattalashtirish uchun gipofiz, gipotalamus, tuxumdon va organ tanasiga qaratilgan harakat orqali ta’sir ko’rsatiladi.

  • Balneoterapiya.

  • Sanator davolash.

  • Balansli ovqatlanish.

  • Fizioterapiya.

Jinsiy organni faqat murakkab va kompleksli terapiya orqali shifokor nazorati ostida kattalashtirish mumkin.


Gipoplaziya - kichkina bachadonni uyda davolanish mumkinmi?

Uy sharoitida kichkina bachadonni faqat shifokorning tavsiyalariga binoan kattalashtirishingiz mumkin. Ovqatlanishni normallashtirish orqali davolanishni boshlash kerak. Uyda shuningdek shifokor tavsiyalari yordamida gormon terapiyasini, vitaminli terapiyani amalga oshirishingiz mumkin. Bundan tashqari, fizioterapiya mashqlarini kompleksini bajarish mumkin.


Gipoplaziya - kichkina bachadonni davolash

Kichkina bachadonni davolash ayolning gormonal fonini o'rganib, to'liq tekshirilgandan so'ng amalga oshiriladi. Bachadon gipoplaziyasida gipofiz bezini, gipotalamusni o'rganish juda zarur, chunki ulardagi o'smalar gipoplaziya sabablaridan biri bo'lib, gormonal terapiyadan foydalanish vaziyatni yanada og'irlashtirishi va o'smaning o'sishini keltirib chiqarishi mumkin.

Davolash gormon terapiyasi fonida amalga oshiriladigan umumiy sog'liqni saqlash muolajalarini o'z ichiga oladi. Gormonal vositalarni dozalash har bir holat uchun alohida ishlab chiqiladi. Davolashda quyidagi usullar qo'llaniladi:


  • fizioterapiya;

  • lazer terapiyasi;

  • kerosin terapiyasi;

  • loy terapiyasi;

  • balneoterapiya;

  • massaj.

Shuningdek, bemorlarga foydali moddalar va vitaminlarga boy parhez buyuriladi, bachadonning plastikligini oshirish uchun ginekologik bimanual massaj qo'llaniladi.

Bunday muolajalar organning o'sishiga yordam beradi va ba'zi hollarda uning hajmini tiklashi mumkin. Davolashni iloji boricha erta boshlash maqsadga muvofiqdir.


Gipoplaziya - kichkina bachadonni oldini olish

Kichkina bachadonning oldini olish onaning homiladorligini to'g'ri boshqarishdan iborat, homiladorlik paytida homilador ayolni turli xil infeksiyalar bilan yuqtirishini oldini olish, to'g'ri ovqatlanish, homilador ayollar uchun vitamin komplekslarini qabul qilish va shifokorning tavsiyalariga amal qilish kerak.

Agar onaning homiladorligi paytida ushbu patologik omillarini oldini olish imkoni bo'lmasa, yangi tug'ilgan chaqaloqni bolalar ginekologi ko'rigidan o'tkazish va jinsiy a'zolarning rivojlanishini nazorat qilish uchun ro'yxatdan o'tkazish kerak. Erta davolanish ushbu kasallik rivojlanishini oldini olishga yordam beradi.

Homiladorlikning oldini olish va rejalashtirish katta ahamiyatga ega. Shifokorlar homiladorlikdan oldin ginekologik tekshiruvdan o'tishni maslahat berishadi, chunki kichkina bachadon diagnozi qo’yilsa, bu bola tushishi va tug'ruqning murakkablashishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun, homilador bo'lishga qaror qilishdan oldin, ginekolog tekshiruvdan o'tish va agar kerak bo'lsa, ushbu patologiyani davolash kerak.


Gipoplaziya - kichkina bachadonda homiladorlik

Ko'pgina turmush qurgan juftliklar: "Kichkina bachadon bilan homilador bo'lish mumkinmi?" degan savolni berishlari mumkin. Bu savoga javob berishga harakat qilamiz. Zamonaviy gormonal dori-darmonli davolash va bachadonning hajmini oshirishga imkon beradi, fakat kasallik embrional payta  rivojlanmagan bo’lsa, bu homiladorlikning boshlanishi va homilador bo'lishiga sezilarli hissa qo'shadi. Zamonaviy diagnostika uskunalari yordamida esa homiladorlikni rejalashtirish bosqichida kasallik asoratlarini rivojlanishini istisno qilish mumkin.

Homiladorlik paytida kichik bachadon har doim ham tug’ruqqa to'sqinlik qilmaydi!

Tabiiy yo’l bilan homilador bo’lish ehtimoli mavjud, ayniqsa, agar bachadon hajmini oshirishga qaratilgan gormonal terapiya kursi o'tkazilsa. Ko'pincha, bachadoni kichkina ayollar bepushtlikning sababi bo'lgan gormonlar yetishmovchiligiga va ingichka endometriyning mavjudligiga duch keladi.

Bachadon homiladorlik davriga to'g'ri kelmasligi ko’p uchraydi, ammo bu ko'pincha bir qator sabablarga bog'liq: suvning kamligi, homiladorlik muddati noto'g'ri o'rnatilganligi, homilaning noto'g'ri holati, shuningdek, ayol keng tos suyagiga egaligi. Bachadonning homiladorlik davridan kamligini qanday to'g'ri aniqlash mumkin? Barcha akusher - ginekologlar homiladorlikning davomiyligini belgilash uchun kalendar usullar va ultratovush tekshiruvidan tashqari, homiladorlikning turli bosqichlarida o'zgarib turadigan bachadon tubi balandligini aniqlashlari kerak. Homiladorlikning turli davrlarida bachadon tubi balandligining o'rtacha statistik ko'rsatkichlari mavjud va ularning anatomik va konstitutsiyaviy xususiyatlari 3-4 sm ga o'zgarishiga yo'l qo'yiladi.

Shunday qilib, agar bachadon kichkina bo'lsa, homilador bo'lish mumkinmi? Ha, aksariyat hollarda kichik bachadon diagnozida homiladorlik mumkin. Ammo shifokorlarning ta'kidlashicha, homiladorlik gormonlari ta'siri ostida bachadon homila bilan birga o'sadi, ammo deyarli har doim gormonlar darajasini tashqaridan boshqarish kerak. Bachadonning kichik o'lchamlari tug’ruqqa yoki homiladorlikka qarshi ko’rsatma emasligini tushunish kerak.

Homilaning tushishi yoki muddatidan oldin tug'ishining asosiy sababi bachadonning hajmi emas, balki gormon yetishmovchiligidir. 

Agar ayol juda kichik bachadonga, aniqrog'i chaqaloq bachadoniga - aplaziyaga ega bo'lsa, homiladorlik ehtimoli umuman yo'q, chunki bachadon bo'shlig'ining kattaligi hatto tuxumdonni implantatsiya qilishga qodir emas, ayniqsa uning rivojlanishi uchun.

Homiladorlikning boshlanishini tezlashtirish uchun gormonal terapiyadan tashqari, tos a'zolarida qon aylanishining ko'payishiga va bachadondagi endometriyining o'sishiga yordam beradigan ginekologik massaj kurslari va fizioterapiya muolajalari kerak. Faqatgina to'liq tekshiruvdan so'ng shifokor gormonal davolanishning maqsadga muvofiqligini hal qiladi. Davolash vitaminli terapiya va minerallar kompleksidan foydalanish, parhezni normallashtirish va ish va dam olish bilan birgalikda amalga oshiriladi. Ba'zida homiladorlik gormonal terapiyasiz ham bo'ladi, ammo vitaminli terapiya, to'g'ri ovqatlanish, muolajalar, ginekologik massajlar va jismoniy komplekslar kerak bo’ladi.

manba: schoolgis.ru


27 ta ovoz
Ovoz berish:
1 2 3 4 5