- Maqolalar
Buyrak yetishmovchiligini tashxislash va davolash
Buyrak yetishmovchiligi - bu buyraklardan biri yoki ikkalasi ham o'z ishini to'liq bajara olmasligidir. Bu biron kasallik natijasida, buyraklar qonni to'liq filtrlashni to'xtatganda va natijada tarkibidagi azotli birikmalarning ko'payishi yuzaga keladi.
Buyraklar faoliyatining buzilishi ular orqali qon oqimining pasayishi va buyrakka kislorod yetkazib berishning keskin pasayishi bilan bog'liq bo'lishi mumkin.
Buyrak yetishmovchiligi sabablari
Buyrakning jiddiy muammolariga quyidagilar sabab bo'lishi mumkin:
-
buyrak yoki boshqa organ katta qon yo'qotish bilan shikastlanishi;
-
yurak-qon tomir tizimining jiddiy buzilishi (yurak yetishmovchiligi, ritm buzilishi);
-
buyrak to'qimalarining bir qismi o'limiga olib keladigan intoksikatsiya;
-
buyrakning o'tkir yuqumli kasalligi;
-
siydik yo'llarining obstruktsiyasi;
-
o'tkir pielonefrit yoki glomerulonefrit.
Buyrak yetishmovchiligi alomatlari
O'tkir buyrak yetishmovchiligi har doim tanadagi boshqa patologik jarayonlarning natijasidir. Agar darhol uning alomatlariga e'tibor bersangiz va choralar ko'rsangiz, unda ta'sirlangan buyrak funksiyasini to'liq tiklash mumkin.
Foto: tamc.co.ilBuyrak yetishmovchiligida quyidagi asosiy belgilar mavjud:
-
chiqarilgan siydik miqdorining pasayishi, oliguriya, dizuriya;
-
umumiy sustlik, uyquchanlik;
-
ko'ngil aynish, qusish, ishtahani pasayishi;
-
taxikardiya, bosimning oshishi;
-
qorin shishishi, bo'shashgan axlat.
Buyrak yetishmovchiligida buyraklar asosiy, ajratish funksiyasini bajarmaganligi sababli butun metabolizm buziladi. Agar kasallik surunkali bo'lsa, unda buyraklar o'z vazifalarini qisman bajaradilar. Natijada qondagi azotli birikmalar miqdori ortadi.
Buyrak yetishmovchiligi - davolash
Buyrak yetishmovchiligini aniqlash uchun shifokorlar quyidagi tekshiruvlarni buyuradilar:
-
qon testi (xususan, kreatinin, kaliy va karbamid darajasini aniqlash uchun);
-
chiqarilgan siydik miqdorini nazorat qilish;
-
rentgen;
-
buyraklar ultratovush tekshiruvi;
agar kerak bo'lsa - buyrak pelvisining kateterizatsiyasi, buyrak angiografiyasi ham o’tkazilishi mumkin.
Buyrak yetishmovchiligida bemorni shoshilinch ravishda kasalxonaga yotqizish kerak, kasalxonada davolanish ikki yo'nalishda amalga oshiriladi: buyrak yetishmovchiligini keltirib chiqargan sabablarni bartaraf etish (masalan, ko'p qon yo'qotish) va buyrak funksiyasini tiklash.
Surunkali buyrak yetishmovchiligida buyraklar mikrosirkulyatsiyasini yaxshilaydigan va metabolik jarayonlarning intensivligini kamaytiradigan dorilar qo'llaniladi. Diuretiklar siydik oqishini rag'batlantirish uchun ishlatiladi. Agar qonda karbamid, kaliy, kreatinin miqdori yuqori bo'lib qolsa va bemorning ahvoli yaxshilanmasa, bemorga gemodializ buyurilishi mumkin.
manba: yamed.ru
8 ta ovoz
Ovoz berish: