Shifo.uz Maqolalar Salmonellyoz kasalligi kelib chiqishi va davolash

Salmonellyoz kasalligi kelib chiqishi va davolash

Salmonellyoz kasalligi kelib chiqishi va davolash Salmonellyoz sababi bo'lgan Salmonella - grammusbat bakteriyalarning tayoqcha shaklidagi turi va enterobakteriyalar guruhiga kiradi. Salmonella - hamma joyda tarqalgan va chidamli bakteriya, u quruq muhitda bir necha hafta va suvda bir necha oy yashashi mumkin.

Salmonellyoz haqida asosiy faktlar

- Salmonella butun dunyoda diareya kasalliklarining yetakchi sabablaridan biri hisoblanadi.
- Salmonellyozning aksariyat holatlari yengil kechadi; ammo, ba'zida salmonellyoz hayot uchun xavfli bo'lishi mumkin.
- Mikroblarga qarshi dorilarga salmonellaning chidamliligi butun dunyo bo'ylab sog'liqni saqlash muammosidir.
- Salmonellyozga qarshi profilaktika chorasi sifatida to’liq pishirish kabi asosiy oziq-ovqat gigienasi qoidalariga rioya qilish tavsiya etiladi.

Har yili oziq-ovqat sababli har o'ninchi odam kasal bo'lib, natijada 33 million yillik sog'lom hayot yo'qoladi. Oziq-ovqat bilan yuqadigan kasalliklar, ayniqsa yosh bolalarda og'ir kechishi mumkin. Diareya kasalliklari zararli ovqatlar oqibatida eng ko'p uchraydigan kasallikdir.

Bakteriyaning barcha serotiplari odamlarda kasallik keltirib chiqarishi mumkin bo'lsa-da, ba'zilari o’ziga xos bo'lib, faqat bitta yoki bir nechta turlarda yashashi mumkin: masalan, Dublin Salmonella enterica serotipi qoramollarda, cho'chqalarda esa Choleraesuis Salmonella enterica serotipi tarqalgan. Ushbu o'ziga xos serotiplar odamda kasallik keltirib chiqarganda, kasallik ko'pincha invaziv bo'lib, hayot uchun xavfli bo'lishi mumkin.

Biroq, serotiplarning ko’p qismi turli xil tashuvchilarda mavjud. Ushbu serotiplar odatda gastroenteritni keltirib chiqaradi, bunday holat ko'pincha asoratsiz kechadi va alohida davolanishni talab qilmaydi, ammo bolalar, qariyalar va immunitet tanqisligi bo'lgan bemorlarda og'ir bo'lishi mumkin. Ushbu guruhga Enteritidis serotype Salmonella enterica va Typhimurium serotype Salmonella enterica kiradi, dunyoning aksariyat mintaqalarida hayvonlardan odamga yuqadigan eng tarqalgan ikki Salmonella serotipi.

Salmonellyoz kasalligi haqida

Salmonellyoz - bu Salmonella bakteriyasi keltirib chiqaradigan kasallik. Odatda bu kasallik haroratning keskin ko'tarilishi, qorin og'rig'i, diareya, ko'ngil aynish va ba'zida qusish bilan kechadi.

Simptomlar Salmonella ta’sir qilganidan keyin 6-72 soat o'tgach (odatda 12 dan 36 soatgacha) paydo bo'ladi va kasallik 2 dan 7 kungacha davom etadi.

Salmonellyoz belgilari nisbatan yumshoq bo'lib, aksariyat hollarda bemorlar o'ziga xos davolashsiz tiklanadi. Biroq, ayrim hollarda, ayniqsa bolalar va qariyalarda kasallik bilan bog'liq suvsizlanish va hayot uchun xavfli holatda og'ir bo'lishi mumkin.

Salmonellyoz sababi

Salmonella uy va yovvoyi hayvonlarda, asosan parranda, cho'chqa va qoramol kabi oziq-ovqatga iste’mol qilinadigan hayvonlarda keng tarqalgan; shuningdek, uy hayvonlari orasida, jumladan mushuklar, itlar, qushlar va toshbaqa kabi sudralib yuruvchilarda uchraydi.
- Salmonella butun oziq-ovqat zanjiri bo'ylab, hayvonlar uchun ozuqa, asosiy ishlab chiqarishdan tortib, odamlar uyiga yoki oziq-ovqat xizmat ko'rsatadigan muassasalargacha borishi mumkin.
- Odamlar salmonellyoz bilan odatda hayvonlardan kelib chiqqan ifloslangan ovqatni (asosan tuxum, go'sht, parrandachilik va sutni) iste'mol qilish yo'li bilan kasallanishadi, ammo salmonellyoz boshqa oziq-ovqat mahsulotlari, shu jumladan go'ng bilan ifloslangan yashil sabzavotlardan ham yuqishi mumkin.
- Najas-og'iz yo'li orqali odamdan odamga yuqishi ham sodir bo'lishi mumkin.
- Odam kasallangan hayvonlar, shu jumladan uy hayvonlari bilan aloqa qilish orqali ham kasallikni yuqtirsa bo'ladi. Yuqtirilgan hayvonlar ko'pincha kasallik belgilarini ko'rsatmaydi.
Salmonellyoz sababi Foto: probolezny.ru

Salmonellyozni davolash

Og'ir holatlarda davolash elektrolitlarni to'ldirishdan iborat (qusish va diareya orqali chiqarilgan natriy, kaliy va xlor ionlari kabi elektrolitlar o’rnini bosish) va regidratatsiya (suv yo’qotilishini to’ldirish).

Sog'lom odamlarda yengil yoki o'rtacha darajadagi kasallik uchun an'anaviy mikroblarga qarshi terapiya tavsiya etilmaydi. Bu antimikrobli dorilar bakteriyalarni to'liq o'ldirmasligi va ular dorilarga yanada chidamli bolib ketishi mumkinligi bilan izohlanadi, keyinchalik bunday holat dorilar umuman samarasiz bo'lib qolishiga olib keladi.

Lekin, shu bilan birga, chaqaloqlar, qariyalar va immunitet tanqisligi past bo'lgan bemorlar kabi xavf guruhlari mikroblarga qarshi davolanishga muhtoj bo'lishi mumkin. Mikroblarga qarshi vositalar odatda infeksiya ichakdan tananing boshqa qismlariga tarqalganda buyuriladi.

Salmonellyozni oldini olish

Oldini olish uchun oziq-ovqat yetishtirilish, odamlar stoliga keltirilgenga qadar barcha bosqichlarda, qishloq xo'jaligi mahsulotlaridan tortib, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash, ishlab chiqarish va tayyorlashga qadar, ham tijorat tashkilotlarida, ham uyda nazorat choralari talab etiladi.

Salmonellani olib ketishi mumkin bo'lgan chaqaloqlar va yosh bolalar va uy hayvonlari (mushuklar, itlar, toshbaqalar va boshqalar) o'rtasidagi aloqani diqqat bilan kuzatib borish kerak.

Omma va sayohatchilar uchun sallmonelyozga qarshi tavsiyalar

Quyidagi tavsiyalar sayohat paytida xavfsizlikni ta'minlashga yordam beradi:
- Safar paytida ovqatning to'g'ri pishganligiga va issiq holatda dasturxonga tortilganiga ishonch hosil qiling.
- Xom sut va sut mahsulotlaridan saqlaning. Faqat pasterizatsiyalangan yoki qaynatilgan sutni iching.
- Muz xavfsiz suvdan tayyorlanmagan bo'lsa, uni ichimliklar bilan birga iste’mol qilishdan saqlaning.
- Agar suvning xavfsizligi to'g'risida shubha tug'ilsa, uni qaynatib oling yoki iloji bo'lmasa, dezinfektsiyalovchi vosita bilan dezinfeksiya qiling (odatda dorixonalarda mavjud).
- Qo'lingizni yaxshilab yuving va sovunni tez-tez ishlating, ayniqsa uy hayvonlari yoki qishloq xo'jaligi hayvonlari bilan aloqa qilgandan keyin va hojatxonadan keyin.
- Meva va sabzavotlarni yaxshilab yuvib tashlang, ayniqsa xom holatda iste'mol qilsangiz. Iloji bo'lsa, sabzavot va mevalarni tozalab, keyin iste’mol qiling.

Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar uchun sallmonelyozga qarshi tavsiyalar

JSST oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari uchun quyidagi ko'rsatmalarni ishlab chiqdi:
Professional va uy sharoitida oziq-ovqat tayyorlash bilan shug'ullanadigan shaxslar ovqat tayyorlashda hushyor bo'lishlari va ovqat tayyorlash bilan bog'liq gigiena qoidalariga rioya qilishlari kerak.
Isitma, diareya, qusish yoki yuqumli ko'rinadigan terining shikastlanishlari kuzatilgan ishchilar ishdan chetlatilishi va ish beruvchiga xabar berishlari kerak.

Meva, sabzavot va baliq ishlab chiqaruvchilar uchun sallmonelyozga qarshi tavsiyalar

Xavfsiz meva va sabzavotlarni yetishtirishning beshta asosiy prinsipi:
- Shaxsiy gigienani saqlang.
- Dalalarni hayvonlarning najaslari bilan ifloslanishidan saqlang.
- Ishlov berilgan og’itdan foydalaning.
- Sug'orish suvi xavfini baholash va boshqarish.
- Yig'ilgan hosilni va saqlash uskunalarini toza va quruq holda saqlang.

Xavfsiz baliq mahsulotlarini yetishtirishning beshta asosiy prinsipi

Aholining sog'lig'ini muhofaza qilish uchun suv mahsulotlari etishtirish xavfsizligini yaxshilashning beshta muhim prinsipi:
Shaxsiy gigienani saqlang.
- Hovuzni toza tuting.
- Suv sifatini kuzatib boring.
- Baliqlaringizning sog'lig'ini kuzatib boring.
- Baliq yig'ish uchun toza uskunalar va idishlardan foydalaning.

manba: who.int
6 ta ovoz
Ovoz berish:
1 2 3 4 5