Shifo.uz
Maqolalar
Ginekomastiya kasalligi haqida
- Maqolalar
Ginekomastiya kasalligi haqida

Ginekomastiya patofiziologiyasi
Bolalik va balog'at yoshida erkaklarda sut bezlarining kattalashishi me'yor (fiziologik ginekomastiya) deb hisoblanadi. Kattalashish vaqtinchalik, ikki tomonlama, bez massalar silliq, zich bo'lib qoladi, ko'krak ostiga simmetrik tarzda taqsimlanadi; bezlar og'riqli bo'lishi mumkin. Balog'at yoshidagi fiziologik ginekomastiya odatda 6 oydan 2 yilgacha o'z-o'zidan yo'qoladi. Shunga o'xshash o'zgarishlar qarilik davrida yuz berishi va bir tomonlama yoki ikki tomonlama bo'lishi mumkin. Ginekomastiyaning aksariyat holatlari bez kanallarga emas, balki stromadagi proliferativ jarayonlarga bog'liq. Mexanizm odatda androgen ta'sirining pasayishi va estrogen ta'sirining kuchayishidan iborat (masalan, androgen ishlab chiqarishning pasayishi, estrogen ishlab chiqarishning ko'payishi, androgen blokadasi, SHBGda estrogen almashinuvi, androgen retseptorlari nuqsonlari).Qayd uchun eslatma
Go’daklikda va balog'at yoshida, areola ostida ko'krak to'qimalarining ikki tomonlama, simmetrik kattalashishi normal holat.
Agar tekshiruv ginekomastiya sababini aniqlamasa, u idiopatik hisoblanadi. Sabab topilmasligi ginekomastiya fiziologik bo'lganligi yoki tekshiruv paytida qo'zg'atuvchi omil belgilari bo'lmaganligi sababli bo’lishi mumkin.
Ginekomastiya etiologiyasi
Yosh bolalar va o'g'il bolalarda eng ko'p uchraydigan sabab:fiziologik ginekomastiya
Erkaklarda eng ko'p uchraydigan sabablar quyidagicha:
- Doimiy pubertal ginekomastiya
- Idiopatik ginekomastiya
- Dori-darmonlarni qabul qilish (ayniqsa spironolakton, anabolik steroidlar va antiandrogenlar - ginekomastiyani keltirib chiqaradigan dorilar hisoblanadi)
Erkaklarda kam uchraydigan ko'krak bezi saratoni ham ko'krak bezi o'zgarishiga olib kelishi mumkin, ammo bu holat kamdan-kam hollarda ginekomastiya bilan chalkashtiriladi.
Ginekomastiya - tashxislash
AnamnezUshbu kasallik tarixini olishda ko'krak kengayishining davomiyligi, ikkilamchi jinsiy xususiyatlarning rivojlanishining to'liqligi, ginekomastiya boshlanishi balog'at yoshi bilan bog’liqligi va jinsiy funksiya buzilishining belgilari (masalan, pasaygan libido, erektil disfunksiya) va ko'krak kasalliklarining belgilari (og'riq, ko'krak qafasidagi bo'shatish) aniqlanishi kerak .
Fizik tekshiruvda yuzaga kelgan alomatlarning sabablarini ko'rsatishi mumkin bo’lgan holatlar aniqlanadi:
- Vazn yo'qotish va charchoq (jigar sirrozi, to'yib ovqatlanmaslik, buyrakning surunkali kasalligi, gipertireoz)
- Terining rangsizlanishi (surunkali buyrak kasalligi, jigar sirrozi)
- Soch to'kilishi va tez-tez yuqumli kasalliklar bilan og’rish (to'yib ovqatlanmaslik)
- Suyakning ko’p sinishi (to'yib ovqatlanmaslik, gipogonadizm)
- Kayfiyatning tez o’zgarishi va kognitiv o'zgarishlar (gipogonadizm)
- Tremor, issiqqa chidamsizlik, diareya (gipertireoz)
O'tmishdagi kasalliklar anamnezini yig'ish ginekomastiyani keltirib chiqaradigan patologiyalarni topishga qaratilgan bo'lib, retsept bo'yicha va retseptsiz yozilgan barcha dorilarni qabul qilish tarixini o'z ichiga oladi.
Obyektiv tekshiruv
Tananing holati, terisi va umumiy holatining asosiy ko'rsatkichlarini baholashni o'z ichiga olgan to'liq tekshiruv o'tkaziladi. Bo'yin sohasi buqoqqa tekshiriladi. Qorin bo'shlig'i astsit, qorin tomirlari kengayganligi va buyrak usti bezi o’smalari mavjudligiga tekshiriladi. Ikkilamchi jinsiy xususiyatlarning rivojlanish darajasi (masalan, jinsiy olat, chov sohasida va qo'ltiq ostidagi soch o'sishi) baholanadi. Moyaklarning tekshirilishi shakllanish yoki atrofiyani aniqlash uchun amalga oshiriladi.
Sut bezlarini tekshirish - bemor yotganda, qo'llari boshining orqasida bo’lganda amalga oshiriladi. Tekshiruvchi bosh barmog'i va ko'rsatkich barmog'ini ko’krak uchining qarama-qarshi tomonidan bir-biriga tegguncha harakatlantiradi. Ko'krak bezi suyuqligininga har qanday turi qayd etiladi. O’sma aniqlanganda, u joylashishi, o’rnab turishi, asosiy to'qimalarga ta’siri va uning ustida terining o'zgarishi jihatidan baholanadi va tavsiflanadi. Ko'krak tugunlari mavjud bo'lgan erkaklarda qo'ltiq osti sohasi limfa tugunlarini aniqlash uchun ham tekshiriladi.
Ginekomastiya alomatlari
Quyidagi alomatlar xavflidir:- Teriga mahkamlangan yoki qattiq shakldagi lokalizatsiyalangan yoki ekssentrik ko'krak shishishi, ayniqsa, ko'krak uchi suyuqligi bilan,
- Gipogonadizmning alomatlari va belgilari (masalan, balog'at yoshining kechikishi, moyak atrofiyasi, libidoning pasayishi, erektil disfunktsiya, tana massasining pasayishi, ong qobiliyatining pasayishi)
- Gipertireozning alomatlari va belgilari (masalan, titroq, tahikardiya, terlash, issiqqa chidamsizlik, vazn yo'qotish)
- Moyak shishi
- Kattalardagi og’riqli ginekomastiyaning boshlanishi yoki ginekomastiyaning tez boshlanishi
Natijalarni sharhlash
Psevdoginekomastiyada, shifokor bosh barmog'i va ko'rsatkich barmog'i o'rtasida, ular bir-biriga tegmaguncha ko’krak uchida qarshilik sezilmaydi. Aksincha, ginekomastiyada, diametri> 0,5 sm bo'lgan to'qima halqasi ko’krak uchini simmetrik ravishda o'rab oladi va unga ko’rinishi bilan mos keladi. Ko'krak bezi saratoni quyidagi xususiyatlarga ega bo'lganda, o'sma haqida dalolat beradi:
- Ekstsentrik bir tomonlama joylashuv
- Zich yoki qattiq tarkib
- Teriga mahkamlanganligi yoki bog’langanligi
- Ko’krak uchidan kelgan suyuqlik
- Limon po’sti ko’rinishidagi teri o'zgarishi
- Kokrak uchi ichga tortib qolinishi
- Qo’ltiq ostidagi limfalar ta’sirlanganligi
Voyaga yetgan erkaklarda ginekomastiya qisqa vaqt ichida paydo bo'lib, og'riqni keltirib chiqaradi, odatda gormonal disfunksiya (masalan, o'sma yoki gipogonadizm bilan) yoki dori-darmon bilan bog'liq bo’ladi. Boshqa tekshiruv natijalari ham diagnostik ahamiyatga ega bo'lishi mumkin
Ginekomastiyada tekshiruv o’tkazish
Agar ko'krak bezi saratoniga shubha qilingan bo'lsa, mamografiya kerak. Agar boshqa kasallik haqida gumon qilinsa, tegishli tashxis qo'yish kerak. Ko'pgina hollarda, ayniqsa, ginekomastiya surunkali bo'lib, fizik tekshiruvda kasallik aniqlangan bemorlarda keng ko’lamli tashxislar muolajasiga ehtiyoj qolmaydi. Gipogonadizm erkaklar yoshiga qarab bir muncha normal bo'lganligi sababli, ba'zi mutaxassislar keksa erkaklarda zardobli testosteron miqdorini o'lchashni tavsiya etadilar, ayniqsa boshqa dalillar gipogonadizmga ishora qilsa. Shu bilan birga yosh yigitlarda, og'riqsiz ginekomastiya yoki aniq patologik sababsiz ginekomastiya boshlanganda lyuteinizatsiya qiluvchi gormon (LH), follikulani stimulyatsiya qiluvchi gormon (FSH), testosteron, estradiol va xorionik gonadotropin (CG) zardobi darajalarini tekshirish tavsiya etiladi. Fiziologik yoki idiopatik ginekomastiya bilan og'rigan bemorlar 6 oydan keyin qayta tekshiriladi.
Ginekomastiyani davolash
Ko'pgina hollarda, muayyan davolanish talab qilinmaydi, chunki ginekomastiya odatda o'z-o'zidan yoki uni keltirib chiqargan preparatni to'xtatgandan so'ng (ehtimol anabolik steroidlar bundan mustasno) yoki asosiy kasallikni davolashdan keyin o'tib ketadi. Ba'zi shifokorlar tamoksifenni kuniga 2 marta og'iz orqali qabul qilishni buyuradilar, bu bezlarning og'rig'i yoki sezgirligini erkaklar yoki o'spirinlarda katta noqulaylik tug'dirganda yordam beradi, ammo bu davolash har doim ham samarali bo’lmaydi. Tamoksifen shuningdek prostata saratoni uchun yuqori dozada antiandrogen terapiyasida (masalan, bikalutamidlar) erkaklarda ginekomastiyani oldini olishga yordam beradi; ko'krak mintaqasi nurli terapiyasi - bu muqobil variant. Ginekomastiya 12 oyda o'zi o’tib ketmaydi. Shuning uchun, bir necha oydan so'ng, agar ginekomastiyaning ko’rinishi bemor uchun nomaqbul bo'lsa, ortiqcha ko'krak to'qimasini jarrohlik yo'li bilan olib tashlash mumkin (masalan, qisman yoki estetik jarrohlik bilan bir qatordagi liposaksiya).
Asosiy natijalar:
- Ginekomastiyani ko'krak sohasidagi yog' to'qimalarining giperplaziyasidan farqlash kerak.
- Ginekomastiya ko'pincha fiziologik yoki idiopatikdir.
- Ko'p sonli dorilar ginekomastiyaga olib kelishi mumkin.
- Bemorlarni genital yoki tizimli klinik kasalliklarga shubha qilinganda tekshirish kerak.
manba: msdmanuals.com

Ovoz berish: