Shifo.uz Xalq Tabobati Yuzdagi qora nuqtalar va ulardan halos bo'lish usullari haqida

Yuzdagi qora nuqtalar va ulardan halos bo'lish usullari haqida

Yuzdagi qora nuqtalar va ulardan halos bo'lish usullari haqida

Yuzdagi qora nuqtalardan qanday qutulish mumkin

Agar yuzdagi qora nuqtalar davolanmasa, yanada jiddiy muammolar - husnbuzarlar paydo bo'lishi mumkin.
Hozirda yuzdagi qora nuqtalar ko'plab qizlar uchun haqiqiy muammoga aylanadi. Birinchidan, ular estetik ko'rinishga ega emas va ularni yashirish qiyin. Ikkinchidan, ular yallig'lanish elementlari bo'lib, ularni davolamaslik yuqorida aytganimizdek, husnbuzarlarni keltirib chiqaradi.

Ulardan qutulish uchun ayollar har xil usullarni qo’llaydilar: ularni olma sirkasi bilan artadilar, tuz va soda aralashmasi bilan surtishadi... Shuning uchun, ushbu maqolada sizga qora nuqtalardan qanday qilib to'g'ri hamda teriga va sog'liqqa zarar yetkazmasdan qutulish kerakligini aytib o’tamiz.

Yuzdagi qora nuqtalar nima?

Qora nuqta ochiq komedonlar bo'lib, ular terining teshiklarini yog' sekretsiyasi, qurigan hujayralar, kosmetika qoldiqlari, chang va boshqa mikroskopik zarraalar bilan to'liq to'sib qo'yilganda hosil bo'ladi. Ko'pincha T-zonasida yog'li yoki aralash terisi bo'lgan ayollarda qora nuqtalar paydo bo'ladi. Melanin (tirozin oksidlanish mahsuloti) hosil bo'lishi tufayli ular qora rangga ega bo'ladi. Oddiy qilib aytganda, tiqilib qolgan tiqin kislorod bilan reaksiyaga kirishib, uni qora qiladi.

Nima sababdan yuzda qora nuqtalar paydo bo'ladi?

Qora nuqtalar yuz terisida paydo bo’lishiga ko'p sabablar mavjud, jumladan:
- genetik moyillik;
- yog' bezlari ishining ko'payishi yoki buzilishi;
- gormonal muvozanat buzilishi;
- muvozanatsiz ovqatlanish (yog'li, achchiq, shirin ovqatlarni ko’p iste'mol qilish);
- yomon odatlar (chekish, spirtli ichimliklar);
- sifatsiz yoki to’g’ri kelmaydigan parvarish kosmetikasi;
- noto'g'ri yoki tartibsiz yuz terisini parvarish qilish (tartibsiz tozalash, agressiv kosmetika vositalaridan foydalanish, sovun bilan yuvish);
- kun davomida qo'llarning yuz terisi bilan doimiy aloqasi;
- juda ko'p stress;
- yomon, bezovta uyqu.
Ko'rib turganingizdek, qora nuqtalarning juda ko'p sabablar bor. Agar ularning aynan qaysi biri qora nuqta paydo bo'lishiga sabab bo'lganligini aniqlasangiz, muammoni tez va samarali ravishda bartaraf etishingiz mumkin.

Yuzdagi qora nuqtalarFoto: aura-pacific.ru

Yuzdagi qora nuqtalar - qanday yo’qotish mumkin?

Qizlar malakali kosmetologlarga qora nuqtalar muammosi bilan murojaat qilishganda, birinchi navbatda, ularga ovqatlanish va turmush tarzini qayta ko'rib chiqishni maslahat beraishadi. Negadir ko'pchilik bu oddiy ko'rinadigan tavsiyalarni e'tiborsiz qoldiradi. Aslida, ko'p narsa bizning ovqatlanishimizga, shu jumladan terining holatiga bog'liq. Agar siz qora dog'lar bilan kurashayotgan bo'lsangiz, tez ovqatlanish, pirojnoe, muzqaymoq, shirinliklar, shakar, kekslar, achchiq, sho'r ovqatlar, soda, qahvalardan voz kechishingiz kerak bo'ladi.

Tavsiya etilgan mahsulotlar ro'yxatiga - sabzavotlar, mevalar, quritilgan mevalar, hom mevalar, choylar, baliq, dengiz mahsulotlari, tabiiy yogurt, kefir, turli xil yormalar, makaron mahsulotlari, yangi sharbatlar, zig'ir va spirulina kokteyllari kiradi. Shuningdek, ichimlik rejimiga rioya qiling va yaxshi uxlashga harakat qiling.

Yuzdagi qora nuqtalar mavjudligida kosmetika tanlash

Ko'pincha T-zonasida yog'li yoki aralash terisi bo'lgan ayollarda qora nuqta paydo bo'ladi, asosan: peshonada, iyakda, burunda
Yuzning terisini parvarish qilishda esa quyidagi tarkibiy qismlarga ega kosmetikadan voz kechish kerak:
- alkogolli denaturat (Alkogol Denat),
- parabenler (Metilparaben, Etilparaben, Propilparaben, Butilparaben),
- formalin (Formalin),
- formaldegid (Formaldegid),
- sintetik ranglar yoki bo’yoqlar bo'lgan barcha mahsulotlarni tashlang.
Ularni tarkibida rux, salitsil- sut- glikolik kislotasi, oltingugurt, o'simlik va rezavorlar ekstrakti (ayniqsa: yashil choy ekstrakti), loy (kaolin, bentonit), E, ​​C vitamini, glitserin, tabiiy yog'lar, pantenol, allantoin bo’lgan kosmetika bilan almashtiring.

Yuzdagi qora nuqtalarni yo’qotish uchun retseptlar

Shuningdek, quyidagi qoidalarga rioya qiling:
- har doim ertalab va kechqurun pH darajasi neytral bo'lgan mahsulotlar yordamida yuzingizni tozalang;
- loy niqoblaridan foydalaning;
- sut-jelatinli niqoblar qiling: 50 ml isitilgan sutni 1 osh qoshiq jelatin bilan aralashtiring, hosil bo'lgan aralashmani 30-40 daqiqa davomida tegmang va keyin uni suv hammomida eritib oling. Xona haroratiga qadar qizdirilganda, niqobni qalin qatlam bilan tozalagan yuzga surting. 15-20 daqiqadan so'ng uni yuzingizdan ehtiyotkorlik bilan olib tashlang (buni oyiga 2-3 marta qilishingiz mumkin);
- suyuq asaldan foydalaning - teriga asalni ingichka qatlam bilan surting va 10-15 daqiqaga qoldiring, so'ngra suv bilan yuvib tashlang (qishda asalga limon qo'shishingiz mumkin);
- oyiga 2-3 marta, piling va skrablardan foydalaning (agar yuzingiz yallig'langan yoki o’ta sezuvchan bo’lsa, buni o'zingiz qila olmaysiz);
- qora nuqtalarni siqib chiqarmang;
- yuz teshiklarini vaqti-vaqti bilan tozalab turing. Ammo ushbu vazifani amalga oshirishni tajribali mutaxassisga topshirgan maqul (yuz teshiklarini noto’g’ri tozalasangiz infeksiya kiritishingiz mumkin);
- namlovchi kislota niqoblaridan, plyonkali niqoblardan, yuz yog'ini tartibga soluvchi kremlardan foydalaning (haftasiga 1-2 marta niqoblar qiling, kremlarni har kuni ishlatish mumkin);
- qora nuqta bilan kurashish uchun patchlar yoki maxsus chiziqlarni qo'llang (ular iloji boricha tabiiy va gipoallergen bo'lishi kerak);
- kun davomida yuzingizga qo'llaringiz bilan tegmang;
- terini shalfey, romashka, aloe va boshqa dorivor o’tlar damlamasi bilan arting.
- Bundan tashqari, yog'dan foydalanish qora nuqta bilan kurashishning juda samarali vositasidir, chunki teri yog'lari efir yog'larda juda tez va yaxshi eriydi. Kunjut yog'i, zaytun yog’i yoki bodom yog'idan foydalanishingiz mumkin.

Qora nuqtalarga niqoblar Foto: letidor.ru


Jarayon samarali bo'lishi uchun avval tozalangan yuzga yog’ surtib, 2-3 daqiqa davomida massaj harakatlarini amalga oshiring. Keyin yog'ni nam salfetkalar bilan artib oling. Shundan so'ng, muammoli joylarga loy niqobini qo'llang va 10-15 daqiqadan so'ng uni iliq suv bilan yuvib tashlang. Shundan so'ng, tozalangan teriga qora nuqtalarni chiqarib oladigan maxsus tozalovchi chiziqlarni (supermarketlar va dorixonalarda sotiladigan) qo'llang. Bu usul nafaqat teshiklarni tozalaydi, balki protseduradan keyin teringizni tinchlantiradi.

Shuningdek, siz qora nuqtalardan professional kosmetik protseduralar yordamida xalos bo'lishingiz mumkin: kimyoviy yoki abraziv piling, ultratovushli, vakuumli, yuzni mexanik tozalash, teriga ukol qilish va hk.
Qora nuqtalarni yo'q qilish qiyin, ammo mumkin - agar sizda sabr-toqat va kerakli kosmetika bo'lsa. Yana bir bor ta'kidlash kerak - qora nuqtalarni kir qo’llaringiz bilan siqib chiqarmang, ularni spirt bilan artmang.

Taxminan 2-3 hafta ichida o'zingizning muammoingizni hal qila olmasangiz, tajribali va ishonchli mutaxassisdan yordam so'rang. U sizga eng samarali mahsulotlarni alohida-alohida tanlashda yordam beradi va teringiz og'riqsiz tiklanadi.

manba: tsn.ua
31 ta ovoz
Ovoz berish:
1 2 3 4 5